So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  4 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

"Al Muharraq" - "Nasaf" o'yini haqida 13 fakt Yangiliklar

"Al Muharraq" - "Nasaf" o'yini haqida 13 fakt

Ertaga muhim kun.

Muharraq

AFC Cup Final Stage . final-tur

05/11/2021, 21:00

0
:
3
Tugadi

Nasaf Qarshi

45'
90'

Qarshining "Nasaf" klubi Manamada mezbon "Al Muharraq" klubiga qarshi OFK kubogi uchun maydonga chiqadi. "Ajdarlar" kuni kecha Bahraynga jo'nab ketishganidan xabaringiz bor. Biz bo'lajak uchrashuv haqida qiziqarli malumotlarni jamladik.

1. "Nasaf" OFK kubogi doirasida ilk bor "Al Muharraq" bilan ro'baro' bo'ladi.

2. "Muharraq" o'z tarixida 3-bor OFK kubogi finalida o'ynamoqda. Bunga qadar 2006 yilda mag'lub bo'lgan, 2008 yilgi bahsda esa Bayrutning "Safa" jamoasini yutgan edi.

3. "Muharraq" OFK kubogi finalida o'ynagan Bahraynning yagona jamoasi (xuddi "Nasaf" singari).

4. "Nasaf" musobaqa finalida 2-bor o'ynaydi. "Ajdarlar" 2011 yil Qarshida o'tgan bahsda "Quvayt SK"dan ustun kelishgandi (2:1). 


5. Bahrayn va O'zbeksiton klublari bungacha OFK kubogida bor-yo'g'i 2 marta to'qnash kelishgan. Farg'onaning "Neftchi" jamoasi 2009 yilgi musobaqaning guruh bosqichida "Besaytin" bilan har ikki bahsda durang o'ynagan.

6. "Al Muharraq" turnirdagi ketma-ket 11 o'yinda gol urdi (jami 20), agar "Nasaf" darvozasiga ham yo'l topilsa, mutlaq rekord takrorlanadi. 

7. Bahrayn klubi so'nggi 2 bahsda ("Al Ahed" va "Quvayt SK") o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Etiborli jihati, "Muharraq" hech qachon qatorasiga 3 o'yinda nolga o'ynamagan.

8. "Nasaf" OFK kubogi doirasidagi ketma-ket 7 o'yinda zafar quchdi, bu klub rekordidan 1 taga kam (2011). 

9. Berdiev shogirdlari musobaqaning joriy mavsumida barcha o'yinlarni yutgan yagona jamoa (6/6). "Nasaf" mavsumda 100 foizlik natija bilan chempion bo'lgan ilk klubga aylanishi mumkin.

10. "Nasaf" 21 gol bilan bu yilgi mavsumda eng ko'p gol urgan jamoa bo'lib turibdi (o'rtacha 3,5 tadan). 

11. "Nasaf" qatorasiga 9 o'yindan beri raqiblari darvozasini ishg'ol qilyapti. Bu klub rekordi hisoblanadi.

12. Musobaqaning eng yaxshi to'purari "Nasaf" forvardi Husayn Norchaev bo'lib turibdi. U 7 ta gol urish uchun raqib darvozasi tomoni 14 ta zarba yo'llagan.

13. "Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Bozorov barchadan ko'proq dribling ishlatgan (44 tadan 23 tasi muvaffaqiyatli).

OFK kubogi-2021 to'purarlari

1. Husayn Norchaev ("Nasaf") - 7 gol

2. Elman Tagaev ("Ahal") - 5 gol 

3. Ahmed Akaichi ("Quvayt SK") - 4 gol

Eng yaxshi assistentlar

1. SHerzod Nasrullaev ("Nasaf") - 6

2. Abdulvahob Al Malud ("Muharraq") - 4

3. Resul Hojaev ("Ahal") - 3

Jizzaxga chempionlik ruhini olib kirgan murabbiy

Muallif :
Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика