"Al Ittihod" "Atletiko" hujumchisini safiga qo'shib olmoqchi
12 jan 2024 18:20
Yangiliklar
"Al Ittihod" "Atletiko" hujumchisini safiga qo'shib olmoqchi
Anxel Korreaning transferiga shaxsan Marselo Galyardo qiziqmoqda.
Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasi Ispaniyaning "Atletiko" klubi hujumchisi Anxel Korreani safiga qo'shib olish istagida, deya xabar berdi Fabricio Romano.
Malum bo'lishicha, 28 yoshli Korreaning transferiga "Al Ittihod" bosh murabbiyi Marselo Galyardoning shaxsan o'zi qiziqmoqda. Yaqin vaqt ichida saudiyaliklar "matraschilar" bilan muzokaralarni boshlaydi, uning natijasi klub va futbolchiga kelib tushgan moliyaviy taklifga bog'liq bo'ladi.
Anxel Korrea joriy mavsum "Atletiko" tarkibida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar