So’nggi yangiliklar

21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  0 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:12"Челси" — "Ливерпуль". Бироздан сўнг бошланадиган ўйиннинг асосий таркиблари билан танишинг  10 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  95 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  4 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  15 18:58Суперлига. Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" "Бухоро"ни меҳмонда йирик ҳисобда енгди  32 18:53Суперлига. "Динамо" Термизда ишончли ғалабага эришди  11 18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  34 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  2 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  3

"Al Hilol" - "Lokomotiv". O'yinga oid malumotlar Yangiliklar

"Al Hilol" - "Lokomotiv". O'yinga oid malumotlar

Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida bo'lib turgan “Lokomotiv” bugun Osiyo chempionlar ligasining 1/16 final bosqichi doirasidagi birinchi uchrashuvini o'tkazadi.

“Temiryo'lchilar” “Qirol Fahd” stadionida “Al Hilol”ga qarshi bahs olib borishadi.

Bu “Lokomotiv”ning “Al Hilol”ga qarshi uchinchi o'yini bo'ladi. Esingizda bo'lsa, o'tgan yilgi OCHLda ikkala jamoa ham bir guruhdan joy olgan va har ikkala uchrashuvda ham saudiyaliklar g'alaba qozonishgandi: Ar Riyodda 3:1, Toshkentda 2:1. Ammo bu safar hammasi boshqacha bo'ladi degan umiddamiz.

– Osiyo chempionlar ligasi yangi formatga o'tganidan beri (2009 yil) “Al Hilol” musobaqaning 1/16 final bosqichida ishtirok etib kelayotgan yagona klub hisoblanadi. Bu jamoa 2010, 2012, 2014, 2015 yilgi mavsumlarda mazkur bosqichdan o'ta olgan, biroq 2009, 2011, 2013 yilgi mavsumlarda o'z yurishini 1/16 finalda to'xtatgan.

– “Al Hilol” oxirgi marta Ar Riyodda 2013 yilning 16 mayida mag'lub bo'lgan. Jamoa Qatarning “Laxviya” klubiga 0:1 hisobida yutqazib qo'ygan.

– “Al Hilol” o'z maydonida O'zbekiston klublariga qarshi etti marta bahs olib borgan va barchasida g'alaba qozongan. Bu jamoa oxirgi marta “Paxtakor”ni 4:1 hisobida engdi.

– “Al Hilol” tarkibida braziliyalik Aylton uchta gol bilan jamoasining OCHLdagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

– O'tgan yil “Loko” bilan kechgan o'yinlarda gol urgan beshta futbolchidan to'rt nafari hozir ham “Al Hilol” safida. Bular – Saud Kariri, Yusuf Al Salem, Navaf Al Obid va Abdulla Al Zori. Birgina braziyaliklik Tyago Neves jamoani tark etib, BAAning “Al Jazira” klubi safiga borib qo'shilgan.

– “Al Hilol” joriy mavsum Saudiya chempionatini ikkinchi o'rinda tugatdi. Ular oxirgi bellashuvada “Al Faysali” bilan 0:0 hisobida durang o'ynashdi. “Al Hilol” musobaqa jadvalida chempion “Al Ahli”dan sakkiz ochko ortda qoldi.

– O'z tarixida to'rtinchi bor OCHLda ishtirok etayotgan “Lokomotiv” birinchi marta musobaqaning 1/16 final bosqichiga chiqdi. Bu yil guruhdan chiqqan yagona o'zbek klubi ham aynan “Lokomotiv” bo'ldi.

– “Lokomotiv” Eronning “Zobaxan” klubi singari guruh o'yinlarini mag'lubiyatsiz o'tkazdi, jamoa ikkita o'yinda g'alaba qozonib, to'rt marta durang o'ynadi.

– “Lokomotiv” bungacha Saudiya Arabistonida ikki bor to'p tepgan. Jamoa o'tgan yil “Al Hilol”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, shu yil “Al Ittihod” maydonidan 1:1 natijasi bilan qaytgan.

– “Al Hilol”ga qarshi o'yinlarda Ar Riyodda Sardor Mirzaev, Toshkentda esa Temurxo'ja Abduxoliqov gol muallifi bo'lishgan. Ularning ikkalasi ham hozirda jamoa bilan birga.

– Temurxo'ja Abduxoliqov uchta goli bilan “Loko”ning Osiyo chempionlar ligasidagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика