So’nggi yangiliklar

15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2

"Al Hidd" bosh murabbiyi: "Kecha hazillashgan edim" Yangiliklar

"Al Hidd" bosh murabbiyi: "Kecha hazillashgan edim"

Teglar :  NasafAl Hidd
"Nasaf" - "Al Hidd" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi ishtirok etdi.

"Nasaf"ni g'alaba bilan va keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Bugun raqib juda yaxshi o'ynadi. O'yin boshida xatolarga yo'l qo'ydik. Tanaffusdan keyin o'zgarishga harakat qildik. Ammo raqib yana gollar urdi. Biz yaxshi o'ynay olmadik.

- O'yinda nima bo'lishini oldindan bilmaymiz. Bugun "Nasaf" juda yaxshi o'ynadi.

- Kecha siz "Nasaf" va "Al Hidd" deyarli bir xil saviyadagi jamoalar degandingiz. Hisob 4:0, "Nasaf"da yana bir nechta vaziyatlar bo'ldi. Haliyam fikringizda qolasizmi?

- (kuladi) Albatta kechagi gaplarim qaysidir manoda hazil gap edi. Bu futbolchilarimning ruhini ko'tarish uchun aytilgan gaplar edi. "Nasaf" bugun bizga umuman imkon qoldirmadi. Agar raqib xato qilganida balki biz bundan foydalangan bo'lardik.

- "Nasaf"ni qay darajada o'rgangan edingiz va qaysi jihatlar sizga pand berdi?

- Biz raqibning 5ta o'yinini kuzatgandik. Asosiy etiborni qanot yarim himoyachilariga qaratgan edik. Bugun raqib bizni standart vaziyatlar evaziga mag'lub etdi.

- "Al Hidd" o'tgan mavsum Bahrayn chempioni bo'lgan, bu mavsum esa negadir natija ijobiy bo'lmayapti. Bunga nima sabab?

- Men jamoaga kelganimga 3 hafta bo'lganini kecha aytgandim. Tarkibimizni bir qator etakchilar tark etishdi. Bu yilgi maqsadimiz chempionlik emas yangi jamoa qurish.

- O'tgan yilgi 17ta gol urgan to'purar Rumayhiya hozir jamoadami?

- U "Riffa" jamoasiga o'tib ketdi.

- Jamoaingiz 0:4 hisobida yutqazdi, lekin siz negadir xursandsiz...

- Bu futbol. "Real" ham, Braziliya ham mag'lub bo'ladi. Bugun yutasan, ertaga mag'lub bo'lasan.Bu normal holat. Kamchiliklar uchun ishlasangiz ertaga albatta g'alaba qozonasiz. Bu meni falsafam.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика