So’nggi yangiliklar

21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:13"Женоа" — "Интер". Таркиблар маълум  0 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  26 21:04"Самсунспор" — "Башакшехир". Таркиблар маълум  11 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  1 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  7 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  3 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  14 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4

Akrom Komilov: "CHempionni mag'lub etish hamisha yoqimli" Yangiliklar

Akrom Komilov: "CHempionni mag'lub etish hamisha yoqimli"

O'zbekiston kubogining ikkinchi yarim final juftligida “Bunyodkor” jamoasi hamshahri “Paxtakor”ni ikkala o'yinda ham mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
O'zbekiston kubogining ikkinchi yarim final juftligida “Bunyodkor” jamoasi hamshahri “Paxtakor”ni ikkala o'yinda ham mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. “Paxtakor” stadionida kechgan uchrashuvda 3:2 hisobida zafar quchgan “qaldirg'ochlar” javob o'yinida ham g'alaba (1:0) qozonishdi. Ochig'i, ilk o'yindan keyinoq “Bunyodkor”ning finalga chiqishiga ko'pchilik shubha qilmayotgandi. Amalda ham shunday bo'ldi. SHu kuni “Paxtakor”dan chempionat doirasidagi “Lokomotiv”ga qarshi kechgan o'yinchalik yorqin futbol ko'rmadik. Balki, “sherlar” asosiy etiborni peshqadamlikni mustahkamlab, chempionlikni o'zlarida yana saqlab qolish uchun qaratishgandir. Nima bo'lgan taqdirda ham endi O'zbekiston kubogi finalida “Bunyodkor” va “Nasaf” jamoalari maydonga tushishadi. Katta ehtimol bilan o'yin Jizzaxdagi yangi stadionda o'tkazilishi mumkin. Biz “Paxtakor”ga qarshi kechgan javob uchrashuvidan so'ng “Bunyodkor” jamoasining istedodli yosh himoyachisi Akrom Komilovdan intervyu oldik.   



- Akrom, avvalambor, O'zbekiston Kubogi finaliga yo'l olganinglar bilan tabriklayman. Nimaning hisobiga chempion jamoani har ikki o'yinda ham mag'lub etdik, deb o'ylaysiz?
- Tabrik uchun rahmat. Menimcha, jamoamiz ikkala o'yinda ham o'ziga xos xarakter namoyish etdi. Kuchli jamoaga qarshi har bir chiziqda kuchli o'yin ko'rsatdik. Murabbiylarimiz tomonidan berilgan o'yinoldi ko'rsatmalarini to'g'ri bajardik. Haqiqatan ham, ikkala o'yin ham, ayniqsa, ilk uchrashuv juda ham qiyin kechdi. Albatta, chempion jamoani ikkala uchrashuvda ham mag'lubiyatga uchratish juda ham yoqimli. Bu g'alabalar bizga chempionatning qolgan o'yinlari hamda kubokning final uchrashuvida qo'shimcha ishonch va kuch bag'ishlaydi.

- O'zbekiston kubogining javob uchrashuvida “Paxtakor” “Lokomotiv”ga qarshi chempionat doirasida ko'rsatgan o'yinini namoyish eta olmadi. Qaysidir manoda bu holat ham sizlarga g'alaba qozonish uchun yordam berdimi?
- Ha, to'g'ri aytasiz. Fikrimcha, “Paxtakor” futbolchilarida charchoq alomatlari sezilib turgandi. Endi o'yin bilan o'yinning farqi bor. Biz javob uchrashuvi oldidan “Paxtakor” - “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi o'yin o'yinni qayta ko'rib chiqdik. O'sha o'yindagi tezlik va ishtiyoq raqib jamoa futbolchilarida ko'rinmadi. Keyin biz javob bahsida birinchi bo'lib gol kiritib olsak, keyinchalik nisbatan osonroq bo'lishi bilar edik. Amalda buni amalga oshirib, yakunda o'zimiz va muxlislarimiz uchun kerak bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik. Kiritilgan goldan keyin yanada ishonch bilan o'ynay boshladik. 


- Kubok finalida “Nasaf” jamoasiga qarshi maydonga tushasizlar. To'g'ri, tanlash imkoniyati yo'q. SHunday bo'lsada, sizningcha, final uchun “Nasaf” qulayroq raqib edimi yoki “Lokomotiv”?
- Ochig'i, finalda raqib jamoa kim bo'lishining ahamiyati yo'q. Finalga kuchsiz jamoalar chiqishmaydi. O'z nomiga yarasha qiyin o'yin bo'lishi aniq. Birgina xato jamoalarning biriga qimmatga tushadi. Fianl bitta uchrashuvdan iborat bo'lgani uchun yo'l qo'yilgan xatoni keyin qayta tuzatib bo'lmaydi. Vaziyatni uzog'i bilan shu 90 daqiqalik o'yinda ijobiy tomonga o'nglash kerak bo'ladi. Raqib haqida nima deyishimi mumkin, “Nasaf” juda tartibli jamoa. Bu kuchli klub bilan o'yinlarimiz hamisha qiyin kechgan. Finalda ham oson bo'lmaydi. Bu ikkala jamoa uchun ham tegishli gap.  

- CHempionatda biroz ishinglar yurishmayapti. Ayniqsa, birinchi davrada ko'p ochko yo'qotdinglar. Buning sababi nimada?
- To'g'ri, chempionat boshida jamoamiz o'ziga o'xshamadi. Kerakli va qimmatli ochkolarni qo'ldan chiqardik. Ochko yo'qotishimiz kerak bo'lmagan uchrashuvlarda qoqildik. Keyin birinchi davra oxirlariga kelib o'zimizga kelib oldik. Mana ikkinchi davradan ham yomon o'yin ko'rsatmayapmiz, deb o'ylayman. O'ylashimcha, hozirgi holatda ham chempionlik uchun kurashsak bo'ladi. Kumush va bronza medallar uchun ham imkoniyatimiz yuqori. Buning uchun so'nggi turgacha va oxirigacha kurashamiz. Bunga qanchalik erishamiz, albatta, buni vaqt ko'rsatadi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика