So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  2 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

Akmal Tursunboev: “Navbahor”ga meni Ilhom Mo'minjonov taklif qildi” Yangiliklar

Akmal Tursunboev: “Navbahor”ga meni Ilhom Mo'minjonov taklif qildi”

Andijonning “Andijon” klubi oliy ligadan tushib ketganidan so'ng jamoa darvozasini himoya qilgan Akmal Tursunboev Toshkentning “Obod” klubida qishki yig'in tayyorgarliklarini olib borayotgan edi.

Ammo yangi yildan so'ng Tursunboev Namanganning “Navbahor” klubi yig'iniga kelib qo'shildi.

“Andijon” jamoasidan ketganimdan so'ng Toshkentning “Obod” klubi meni o'z safiga jalb qildi. Qishki yig'inning birinchi qismida ushbu jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etdim. Klub raxbariyatlari menga 3 yillik shartnoma taklif qildi. Ammo men bir yillik bitimga imzo chekishimni bildirdim. Xullas, ushbu variant amalga oshmadi. CHunki men ularga faqat 1 yillik shartnomaga imzo chekishimni aytdim. Ular esa men bilan kamida 2 yillik kelishuvga erishmoqchi edi.

“Obod” jamoasi raxbariyatlari meni to'g'ri tushunishdi, faoliyatimda omad tilashdi. “Navbahor” klubiga esa meni Ilhom Mo'minjonov taklif qildi. Ko'pchilik bilsa kerak, Mo'minjonov bilan “Paxtakor”da birga ishlaganman. Ushbu murabbiy qandayligini yaxshi bilaman. “Navbahor” jamoasi oldiga yaxshi o'rinlarni qo'lga kirish vazifasi qo'yilgan. Nasib qilsa ushbu vazifani uddalaymiz degan umiddaman”, - deydi "Andijon" klubi sobiq darvozaboni Akmal Tursunboev.

Jahongir Sotvoldiev


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика