So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  1 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  12 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  19 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

Akmal Rustamov: "Bir oila bo'lib o'ynasak, bizni hech kim yuta olmaydi" Yangiliklar

Akmal Rustamov: "Bir oila bo'lib o'ynasak, bizni hech kim yuta olmaydi"

Superliga 2-turdan o'rin olgan "Qizilqum" - "Andijon" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida navoiyliklar bosh murabbiyi Akmal Rustamov ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bugun ikkinchi turni o'tkazib oldik. O'yin qiyin bo'lishini bilardik, chunki "Andijon" ham vodiyning boshqa jamoalari qatori doim yutuqqa harakat qiladi. Qolaversa raqib tarkibi ancha kuchaygan. G'alaba bilan muxlislarimizni, klubimiz rahbariyatini va barcha navoiyliklarni tabriklayman. Birinchi bo'lim uchun yigitlarga alohida rahmat. Bugun hamma borini berib o'ynadi. Berilgan ko'rsatmalar to'g'ri bajarilgani uchun g'alaba qozondik deb o'ylayman.

- "Andijon"ning dastlabki turdagi o'yinini ko'rgan bo'lsangiz, qanday taassurot qoldirgandi?

- Biz ilk turni "Paxtakor"ga, "Andijon" esa "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazdi. "Paxtakor" bilan o'ynab bo'lganimizdan so'ng navbatdagi uchrashuvga hozirlik ko'ra boshladik. "Andijon"ni yaxshilab o'rganishga harakat qildik. Tarkibida yulduzlar bor, lekin etibor bergan jihatimiz "Andijon" to'pni asosan havodan o'ynar ekan. Boake yaxshi hujumchi, ammo uni to'psiz qoldirishga va maydon markazini egallashga harakat qildik. Bu esa o'z mevasini berdi.

- Grigol Chabradzening holati qanday?

- Chabradze gruziyalik yaxshi legionerlarimizdan biri. U o'zidan iliq tassurot qoldirishga harakat qilyapti. U Turkiyadagi yig'inda jarohat olib qoldi, shu bois "Paxtakor" bilan zaxirada qoldirdik. Lekin u bizga juda kerakli o'yinchi. Afsuski, bugun yana jarohat oldi.

- Sizningcha, bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi kim?

- Alohida biron bir o'yinchini ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Butun jamoa yaxshi harakat qildi. Biz bir oila bo'lishga harakat qilyapmiz. Agar oila bo'lib o'ynasak, bizni hech kim yuta olmaydi.

- Asror G'ofurovni o'tgan uchrashuv himoyada ko'rgandik, bugun esa yarim himoyada o'ynadi.

- Bizda shunday futbolchilar borki, ular turli nuqtalarda o'ynay olishadi. Bu ham jamoamiz foydasiga deb o'ylayman.

- Ilhom Vahobov avvalgi mavsumda asosiy tarkib futbolchisi edi.

- Ilhom Vahobov bilan Shohruz Norxonovning jarohati biz kutgandan jiddiy bo'lib chiqdi. Ularni tezroq asosiy tarkibga qaytarish ustida ish olib boryapmiz.

- Jamoangiz gol o'tkazib yuborgach, yana futbol o'ynay boshladi. Bungacha nima xalaqit berdi?

- Savol tushunarli. O'yindan oldin har doim futbolchilar oldiga ko'rsatma qo'yamiz. A reja, B reja kabilar bo'ladi. Lekin hammasi doim siz o'ylagandek kechmaydi. Gol o'tkazib yuborganda nimadir o'zgartirishga to'g'ri keladi. Bugun zaxiradan o'yinga qo'shilganlar ishonchni oqlashdi.



Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
05 mar 01:02:55
Toir Muratovich
Lekin juda juda zerikarli futbol bo'ldi stadiondan tomosha qilgan muxlis nomidan shuni aytamanki, manimcha toza futbol taxminan 40 daqiqa bo'ldi qolgani vaqt cho'zish b reja, maydonni kasalxonaga aylantirishdi
+1   
05 mar 00:13:59
Ulugbek Dehqonboyev
Сан.факат.дод.солиб.йотволишди.ургатибсан.уйингохдиям.касалхона.кивордиларинг.араб.футболиданам.баттар.бупкетди.хакамдиям.безитишдинг.бир.санлар.футбол.уйнамагинаканда.
+1   
04 mar 23:40:48
leva8989
Neftchi bilan o'yinda ko'ramiz hech kim yuta olmasligini...
   
05 mar 05:43:00
Akbar Umarov
Ulugbek Dehqonboyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Сан.факат.дод.солиб.йотволишди.ургатибсан.уйингохдиям.касалхона.кивордиларинг.араб.футболиданам.баттар.бупкетди.хакамдиям.безитишдинг.бир.санлар.футбол.уйнамагинаканда.
Uka to'g'ri aytyapsan
   
05 mar 05:41:49
Akbar Umarov
O'zbekistonda faqatgina Paxtakor PFC, Nasaf FClargina hamisha feyr pletga amal qiladilar xalos.
   
05 mar 05:37:05
Уз.
Анжон камандамас Бабаян мураббиймас
   
04 mar 23:45:58
nerazzuri
Койил колдирди Кизилкум.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика