So’nggi yangiliklar

01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  6 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  9 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2

Akmal Ortiqov: "SHo'rtan"ni mag'lub etib muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz" Yangiliklar

Akmal Ortiqov: "SHo'rtan"ni mag'lub etib muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz"

Xabaringiz bor, ertaga PRO-Liga 10-turi doirasida Yaypanning "Turon" jamoasi o'z maydonida G'uzorning "SHo'rtan" klubini qabul qiladi.

Saytimiz muxbiri mazkur uchrashuv oldidan yaypanliklar posboni Akmal Ortiqov bilan intervyu tashkil etdi.

- Aytingchi, Akmal Ortiqovning futbolga kirib kelishi qanday yuz bergan?

- Futbolga kirib kelishim haqida aytadigan bo'lsam, oilamizda hamma futbolga qiziqadi. Bolaligimda dadam Namangan shahridagi futbol maktabiga olib borganlar. U erda men ilk murabbiylarim Komiljon Abduboev va Anvar Boqievlardan futbolning dastlabki sir asrorlarini o'rganganman. Futbolga kirib kelishim shu tariqa yuz bergan.

- Bugunga qadar qaysi jamoalar safida o'ynagansiz?

- "Turon"ga kelgunimga qadar "Navbahor", "Andijon", "Olmaliq" jamoalari safida o'ynaganman.


- "Turon" jamoasi safiga qo'shilishingiz qanday yuz berdi?

- Yaypanliklar safiga meni jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilov taklif etgan. Klubga kelib ko'rikdan o'tdim va shartnoma imzoladik.

- Futbolda darvozabon sifatida o'ynashni o'zingiz istaganmisiz yoki murabbiylar ko'rsatmasi bilan shu ishga qo'l urganmisiz?

- Bilasizmi, futbolda dastlab himoyachi ampulasida harakat qilganman. Keyinchalik murabbiylar tavsiyasi, shuningdek o'z qiziqishlarim tufayli darvozabon tufayli futbol uchrashuavlarida darvozabon sifati o'ynay boshladim.

- "Turon" joriy mavsumda hali "SHo'rtan"ni mag'lubiyatga uchratolmadi. 10-turda aynan "SHo'rtan" bilan o'ynaysizlar. Sizningcha bu safar "Turon" g'alaba qozona oladimi?

- "SHo'rtan" PRO-Ligada eng tartibli o'yin namoyish etadigan jamoa. Bu jamoaga qarshi o'yinlar har doim oson bo'lmagan. Xudo hohlasa ertangi o'yinda g'alaba qozonib, barcha muxlislarimizni xursand qilamiz.

- PRO-Liganing hozirgacha o'tkazib kelingan davri mobaynida barcha jamoalar bilan o'tkazilgan uchrashuvlarda maydonga tushib kelmoqdasiz. Superliga yo'llanmasi bo'yicha qaysi jamoalarning imkoniyatini yuqori baholaysiz?

- Superliga yo'llanmasi uchun kurash shaxsiy fikrimcha "Turon", "SHo'rtan", "Neftchi" va "Dinamo" jamoalari o'rtasida raqobat bo'ladi.


- "Oq-tepa"ga qarshi o'yinda Asilbek Qayumovning jamoangizga g'alaba golidan so'ng televidenie kameralariga qarab o'z hissiyotlaringizni namoyon qildingiz, buni barchamiz ko'rdik. SHu vaziyatni tariflab bering.

- Bilasizmi, bu o'yinda 0:2 hisobida mag'lub bo'lyotganimizda barchamizda kayfiyat tushib ketgandi. Keyinchalik barcha jamoamiz azolari iroda ko'rsatib yakunda g'alabaga erishdik. Bu vaziyatni so'z bilan tariflash qiyin, shunchaki g'alaba zavqi.

- Akmal Ortiqovning muxlislariga tilaklaringiz...

- Navbatdagi tur uchrashuvlaridan boshlab stadionlarga ming nafar muxlislar tashrifiga ruxsat berildi. Barcha muxlislarimizga sog'lik tilayman, ertaga stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlab turishsin. Nasib bo'lsa ertangi o'yinda g'alaba qozonib ularni xursand qilamiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика