So’nggi yangiliklar

16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  0 16:32U-17 ЖЧ. Италия – Ўзбекистон (матнли трансляция)  17 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  1 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  1 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  20 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  8 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  14 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  6 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  34

Akbar Usmonov: "Bu darajaga etib kelishimizda ota-onalarimizning o'rni beqiyos" Yangiliklar

Akbar Usmonov: "Bu darajaga etib kelishimizda ota-onalarimizning o'rni beqiyos"

Kecha futzal bo'yicha Oliy liga bahslari rasman yakuniga etdi.

Unda BMB chempionlikka erishgan bo'lsa, "Oil Star" ikkinchi, OKMK esa uchinchi o'rinni band etdi. 

BMB va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Akbar Usmonov mavsum davomida 42 ta gol urib, chempionat to'purariga aylandi. "Dinamo"ga qarshi yakuniy tur uchrashuvidan so'ng (8:2) hujumchi bilan qisqa intervyu uyushtirdik. 

- Mavsum yakunlari bo'yicha fikrlaringiz qanaqa?

- Mavsum biz xohlagandek, chempionligimiz bilan yakun topdi. Buning uchun Yaratganga shukur deymiz. BMB bilan juda ham ajoyib mavsum o'tkazdik. Jamoamiz bilan chempionlikni munosib himoya qila oldik deb o'ylayman. BMBdagi yigitlarga rahmat aytib qolaman.

- Bugungi uchrashuvdagi golingizni tribunada o'tirgan onajoningizga bag'ishladingiz (Usmonov gollaridan birini urgach, tribunaga chiqib ketdi va buning uchun sariq kartochka ham oldi – tahr.). Buni oldindan rejalashtirganmidingiz?

- Barchamizni bu darajaga etib kelishimizda ota-onalarimizning o'rni beqiyos. Har bir golimiz ortida ota-onalarimiz mehnati yotibdi. SHuning uchun gollarni onamga bag'ishlayman.

- Akbar aka, orada siz og'ir damlarni boshdan kechirdingiz va sizda pasayish kuzatildi. O'sha paytda o'zingizda qanday kuch topdingiz? Qanday qilib yana yuqori darajaga chiqa oldingiz?

- Bu hayotda hamma narsa bo'lar ekan-da. Muhimi, yiqildingmi, tura olishni bilish kerak ekan. Barchamiz yigit kishimiz. Yigit kishi aynan shunday holatlarda o'zini qo'lga ola bilishi va yo'lda davom etishi juda ham muhim. Asosiysi, mehnat qilishdan to'xtamasligimiz kerak.

- Oldinda terma jamoamizni muhim o'yinlar kutib turibdi. Ayniqsa, "Humo Arena"dek joyda umuman boshqacha atmosfera yuzaga keladi. Muxlislar O'zbekiston o'zida qabul qilayotgan JCHda terma jamoamizdan nimalarni kutsa bo'ladi?

- Muxlislarimiz bizdan maksimal darajadagi natijalarni kutishadi. Biz ham shunga mos ravishda borimizni berib, yuqori natijalarni ko'rsatishga harakat qilamiz.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика