So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  1 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  12 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  18 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

"Ajdarlar"ning yangi o'yinchisi Marko Stanoevich "Nasaf" muxlislari, jamoaga qanday kelib qolgani va koronavirus haqida Yangiliklar

"Ajdarlar"ning yangi o'yinchisi Marko Stanoevich "Nasaf" muxlislari, jamoaga qanday kelib qolgani va koronavirus haqida

"Nasaf"ning serbiyalik yangi o'yinchisi Marko Stanoevich bilan suhbatlashdik.

- Salom Marko. Bilamizki, siz "Crvena Zvezda" klubi tarbiyalanuvchisisiz. Dastlab, Serbiyaning ushbu mashhur jamoasi haqida gapirsangiz?

- "Crvena Zvezda" Serbiyaning eng katta klubidir va shu bilan birga tarixda eng ko'p sovrin yutgani ham.

O'tgan ikki yil mobaynida ular CHempionlar Ligasining doimiy ishtirokchisiga aylanishdi, bu esa ularning darajasidan dalolat beradi. Men bu klub akademiyasida 13 yoshimdan 19 yoshimgacha to'p tepganman va u erda ko'p narsalarni o'rganganman.


- O'zbekistonga kelishingizdan avval bu erda o'ynagan serbiyalik futbolchilar haqida bilarmidingiz?

- Bu erda o'ynab ketgan bir necha futbolchilarni bilardim. Hozir esa O'zbekistonda o'ynayotgan barchasini bilaman. Dragan CHeran mening eng yaqin do'stlarimdan biridir va shu sababdan bu erdagi futboldan xabardorman.


- "Nasaf"ga kelishingiz qanday ro'y berdi?

- Do'stim Dragan CHeran meni "Nasaf" murabbiyiga tavsiya qilgan va men bundan juda ham minnatdorman.



- "Nasaf" va O'zbekistondagi ilk taassurotlaringiz qanday?

- Men kelishimdan oldin ham "Nasaf" haqida ko'p narsani eshitgandim. O'z uyimizda o'tkazilgan ilk o'yinda va muxlislarimiz ko'z o'ngida o'tgan uchrashuv qanaqadir menda katta taassurot qoldirdi.


- O'zbekiston Superligasi haqida nima deya olasiz yoki buni aytishga ancha ertami?

- Hali liga haqida aytishga ancha erta, ammo mening ilk taassurotlarim ijobiydan ham ko'proq.


- Moslashuv jarayoni, murabbiylar va yangi jamoadoshlaringiz haqida nima deya olasiz?

- Men rus tilida gapiraman va bu menga juda qo'l keladi. Birinchi kundan boshlab murabbiylar va o'yinchilar mehribon va do'stona munosabatda bo'lishdi. Huddi "Nasaf" bilan abadiy bo'lgandayman va o'zimni uzoq vaqtdan beri ushbu jamoaning azosi sifatida his qilyapman.



- Afsuski, koronavirus tufayli futbol o'yinlari to'xtab qolgan, hozir nimalar bilan shug'ullanyapsiz?

- Afsuski... Umid qilamanki, hammasi tez orada iziga tushib ketadi. Hozir esa o'z vaqtimni Qarshida, oilamga, uydagi mashg'ulotlarga sarflayapman va hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilyapman.


- Siz uchun Serbiya tarixidagi eng kuchli uch futbolchi kim?

- Bu oson savol emas. Juda ko'p o'yinchilar top jamoalarda harakat qilishadi. Nemanya Vidich, Deyan Stankovich va Nemanya Matich.


Alisher Ostonov suhbatlashdi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика