So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  1 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  12 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  18 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

Ahmed Tillaev: "O'zbekistonda o'tadigan U-19 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik reja bo'yicha ketmoqda" Yangiliklar

Ahmed Tillaev: "O'zbekistonda o'tadigan U-19 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik reja bo'yicha ketmoqda"

Xabaringiz bor, Xabaringiz bor, joriy yilning 14-31 oktyabr kunlari bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionatiga mamlakatimiz mezbonlik qiladi.

Ushbu musobaqaga uch oydan kam vaqt qoldi. Xo'sh, O'zbekiston nufuzli musobaqani qabul qilishga qanchalik tayyor? Stadionlarimizda qanday muammolar mavjud? Turnir vaqtida yurtimizga qancha chet el fuqarosi tashrifi kutilmoqda? Musobaqa davomida qancha volontyorlar faoliyat olib borishadi? SHu va boshqa savollar bilan U-19 Osiyo chempionati ishchi guruhi azosi, O'FA xodimi Ahmed Tillaev bilan suhbatlashdik.

- Bugunga kelib O'zbekiston U-19 Osiyo chempionatini qabul qilishga necha foizga tayyor?

- Bilasiz, OFK tomonidan har bir musobaqani o'tkazish bosqichlarga bo'linadi. Malum bir musobaqani qabul qilayotgan davlatga reja va grafik beradi. Yani mana shu sanagacha mana shu narsalar tayyor bo'lishi kerak degan talabni qo'yadi. Hozirgacha biz OFKning barcha talablarini bajardik. Iyul oyigacha bo'lgan talablarning barchasini qilganmiz.

- Pandemiya tufayli OFK vakillari O'zbekistonga kelishi kechroq muddatga qoldirildi va ular hozirga qadar stadionlarni ko'ra olishmadi. Bu vaziyatdan qanday chiqib ketildi?

- To'g'ri aytdingiz, OFK inspekciyasi vakillari yurtimizga kelib stadionlar, mashg'ulot maydonlarini tekshira olishmadi. Biroq biz O'FA matbuot xizmati bilan birga har bir stadiondan videorolik tayyorladik hamda OFKga yubordik. Ushbu videorolikni ko'rgan istalgan odam stadion va mashg'ulot maydonlari haqida to'liq tasavvurga ega bo'ladi. Bu yangicha yondoshuv bo'lganini ham takidlash lozim.

- Stadionlarda qanday muammolar bor?

- Biz turnirga tayyorlayotgan stadionlarni o'rganib chiqqanmiz. Deyarli muammolar yo'q. Bo'lsa ham kichik muammolar. Ular juda katta global yondashuv talab qilmaydi. Biz tanlagan "Bunyodkor", OKMK, "Lokomotiv", "Navbahor" stadionlari Osiyoda o'z o'rniga ega.

- Mamlakatimiz ushbu musobaqa vaqtida jami qancha xorijlik mehmonni qabul qiladi? OFK vakillari, hakamlar, rasmiylar, terma jamoa delegaciyasi va hokazo.

- Har bir delegaciyadagi shaxslar soni 31 kishi bo'ladi odatda. SHuningdek o'sha delegaciyani ichida mamlakat futbol federaciyalarini rahbarlari ham qatnashadi. Bu degani 40-50tagacha bo'lishi mumkin. Muxlislarni hisobga olmagan holda umumiy hisobda 750 kishi ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Yana OFK delegaciyasi ham bor. Ular 70 kishidan iborat. SHuni hisobga olganda 900ga yaqin xorijlik mehmonlar kelishi kutilmoqda.

- Musobaqa muxlislarsiz o'tkaziladimi?

- Bu savol hali ochiq turibdi. OFK bilan bu borada muzokara olib bormoqdamiz. Hamma narsa yurtimizdagi va Osiyo davlatlaridagi pandemik vaziyatga bog'liq. SHundan kelib chiqqan holda OFK va O'FA bir qarorga keladi.

- Terma jamoalar qaysi mehmonxonalarda istiqomat qilishlari hal qilinganmi?

- Har bir mehmonxonani ko'rib belgilab chiqqanmiz. May oylaridayoq mehmonxonalarni band qilib qo'yganmiz. Terma jamoalarning joylashuviga qarab mehmonxonalardan nomer band qilingan.

- Musobaqa davomida qancha ko'ngillilar (volontyorlar) ishlashadi?

- Turnir davomida kamida 150 nafar ko'ngilli ishlaydi. Bugungi kunga qadar biz 50 nafar volontyorlarni tanlab oldik. Kelayotgan har bir delegaciyaga biriktirilgan volontyorlarning soni va ismi aniq. Ular bilan doimo aloqada bo'lib turibmiz. Ko'ngillilar orasida arab, yapon, indonez, malay, xitoy, koreys tillarini biladigan volontyorlar ham bor. Delegaciyalarga imkon qadar o'sha mamlakat tilini biladigan volontyorlarni biriktirdik.


Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика