So’nggi yangiliklar

10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  1 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  2 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  4 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  2 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  1 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7

Ahmad Agamurodov: Uchrashuvga aniq reja ishlab chiqqandik Yangiliklar

Ahmad Agamurodov: Uchrashuvga aniq reja ishlab chiqqandik

Osiyo Kubogi 2-turi doirasida Turkmaniston - Eron termalari ishtirokidagi bahsdan keyin turkmanistonliklar bosh murabbiyi Ahmad Agamurodov o'z fikrlarini bildirdi.

-  Bugungi uchrashuvga aniq va maqsadli reja tuzgan edik. Futbolchilarim ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. G'alabadan juda xursandman.

-  Hozirgacha ikki uchrashuvda ikkita kuchli terma jamoaga qarshi o'ynadingiz va bugungi o'yindan keyin ulardan qay biri kuchli deb o'ylaysiz?

-  Bilasizmi, ushbu musobaqadan oldin guruh bosqichiga qura tashlanganda, tanishlarim ushbu musobaqadagi raqiblardan nechta gol o'tkazib yuborasizlar deb so'rashgan edi (kuladi). SHukrki, bugun ularni uyaltirdik. Bugun men juda baxtliman. Ikkala raqib nafaqat guruhning balki Osiyo qitasining grand terma jamoalaridir. Biz bugun ulardan qolishmasligimizni barchaga isbotladik. Ikkala o'yinni tahlil qiladigan bo'lsak, ikkalasi ham juda kuchli terma jamoalaridir.

-  Futbolchilar qachon, qaysi daqiqadan boshlab g'alaba qozonishlari mumkinligiga ishona boshlashdi?

-  Temur CHoriev (eng yaxshi o'yinchi): Ikkinchi bo'lim o'rtalarida raqibimizni ayrim nozik nuqtalarini ilg'ay oldik. SHu daqiqalarda raqibimizni yutishimiz mumkin degan ishonch paydo bo'ldi.

-  O'zingizning bugungi o'yindagi harakatlaringizni qanday baholaysiz? Bugungi o'yindagi g'alaba, sizga va boshqa jamoadoshlaringiz uchun qanday ahamiyat kasb etadi. Muxlislarga aytar gaplar, tilaklaringiz bormi?

-  Temur CHoriev (eng yaxshi o'yinchi): Avvalo, murabbiyimiz menga bugungi uchrashuvda ishonch bildirgani uchun rahmat. Uning ishonchini oqlashga harakat qildim. Bu g'alaba barchamiz uchun katta ahamiyatga ega. Bu tarixiy g'alaba biz uchun juda qadrlidir. Muxlislarimiz ham bizni qo'llab-quvvatlab turishganini bilamiz. Nafaqat yurtimiz balki, shu erdagi muxlislarimizning qo'llab-quvvatlab turganini his qildik.

-  Meylis Deyniev juda yaxshi driblingga, tezlikka ega futbolchi. Uning potencialini boshqalardan yaxshiroq bilasiz va aytingchi, u navbatdagi Artur Gevorkyan bo'la oladimi?

-  Meylis Deyniev hozirda “Ahal” klubi sharafini himoya qiladi. U jamoasi bilan OCHLda maydonga tushdi. U etarlicha iqtidor va tajribaga ega. O'ylaymanki, undan yaxshi futbolchi chiqadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика