Aguero CHempionlar ligasi finalida qaysi jamoa ustunroq ekanligini aytdi
27 may 2022 23:00
Yangiliklar
Aguero CHempionlar ligasi finalida qaysi jamoa ustunroq ekanligini aytdi
"Manchester Siti"ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero "Real" va "Liverpul" o'rtasidagi CHempionlar ligasi finalidan kutayotgan natijasi bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, turnirning hal qiluvchi bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan 23:59 da start oladi.
"O'ylashimcha, "Real Madrid" ancha tajribali jamoa, ammo "Liverpul" so'nggi yillarda CHempionlar ligasida ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. O'yin teng ruhda kechadi, ammo "Real" o'zini ishonchliroq his qiladi, chunki ularda tajriba ko'proq", — deydi Aguero.
Eslatib o'tamiz, Madridning “Real” klubi bundan 4 yil avval "Olimpiyskiy" stadionidagi o'tgan CHempionlar ligasi finalida “Liverpul”ni mag'lub etgandi. “Qaymoqranglilar” o'tgan mavsumda ham Klopp jamoasini chorak finalda musobaqadan chiqarib yuborishgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar