So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

AGMKning OCHLdagi raqibi g'alabani tantana qildi Yangiliklar

AGMKning OCHLdagi raqibi g'alabani tantana qildi

Teglar :  OCHLAGMKIstiqlol
Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi Turkiyadagi yig'in doirasida o'zining ikkinchi nazorat bellashuvini Bosniya va Gercegovina chempionatining uch karra g'olibi "CHelik"ga qarshi o'tkazdi.

OCHL guruh bosqichiga chiqish yo'lida AGMKga raqiblik qiladigan Dushanbening "Istiqlol" jamoasi Bosniya va Gercegovina klubini mag'lubiyatga uchratdi.

Yomg'ir ostida o'tgan bahsda Hakim Fuzaylov jamoasi birinchi bo'limda raqibni qarshi hujumda gol bilan jazolashga muvaffaq bo'ldi. SHeriddin Boboev "Istiqlol"ni hisobda oldinga olib chiquvchi golga mualliflik qildi. Ikkinchi taym esa hujumlarga boy tarzda kechdi. Qayd etish kerakki, tanaffusdan keyin har ikkala jamoaga qator vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq gol urish yana "Istiqlol" jamoasiga nasib etdi. Nozim Bobojonov uchrashuv yakuniga yaqin o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatgan golni urdi - 2:0.

SHu tariqa "Istiqlol" jamoasi Antaliyadagi yig'in doirasidagi ikkinchi nazorat bellashuvida g'alabani tantana qildi. Bunga qadar Hakim Fuzaylov shogirdlari Qozog'iston chempionatining bronza medallari sohibi "Tobol" jamoasiga (1:2) imkoniyatni boy berishgandi.

Malumot o'rnida: "Istiqlol" jamoasi safida o'zbekistonlik futbolchi Jalil Kimsanov faoliyat ko'rsatmoqda. "Qo'qon-1912" jamoasining sobiq futbolchisi mazkur bahsda zaxiradan maydonga tushdi.

AGMKning OCHL pley-off bosqichidagi raqibi Tojikistonning "Istiqlol" jamoasining navbatdagi raqibi Daniyaning birinchi divizion vakili "Kyoge" bo'ladi. Mazkur nazorat o'yini 3 fevral kuni o'tkaziladi.

Nazorat o'yini.

"Istiqlol" - "CHelik" 2:0

Hakam
: Bora Abaoglu (Turkiya)

Gollar: SHeriddin Boboev (28), Nozim Bobojonov (88)

"Istiqlol": Rustam yatimov, Iskandar Jalilov (Firuz Karaev, 80), Aleksey Larin, Baxtiyor Qalandarov (Jalil Kimsanov, 55), Axtam Nazarov, Alisher Jalilov (Nozim Bobojonov, 65), Amirbek Jo'raboev (Ehsoni Panchshanbe, 55), Muhammadjon Raximov (Komron Tursunov), Fatxullo Fatxulloev (SHahrom Sulaymonov, 75), Suleyman Muxadov (SHahrom Samiev, 77), SHeriddin Boboev (Viulen Ayvazyan, 60).


Eslatib o'tamiz, OCHL pley-off doirasidagi AGMK (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston) uchrashuvi 12 fevral kuni Olmaliq shahridagi AGMK o'yingohida bo'lib o'tadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика