Odil Hamrobekov uchun kurash: "Traktor" "Bunyodkor"ga rasmiy taklif yubordi
07 iyu 09:05
Yangiliklar
Odil Hamrobekov uchun kurash: "Traktor" "Bunyodkor"ga rasmiy taklif yubordi
O'zbekistonlik yarim himoyachiga fors klublarining qiziqishi yuqori.
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekovga Eronning yana bir klubi – "Traktor" ham qiziqish bildirdi. Eron matbuoti tarqatgan malumotlarga ko'ra, Tabriz shahrining mashhur jamoasi "Bunyodkor" klubiga rasmiy xat yuborib, 29 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish niyatida ekanini malum qilgan.
Avvalroq Hamrobekovga Tehronning "Istiqlol" klubi ham jiddiy qiziqish bildirgan edi. Shunday qilib, futbolchi uchun Eronning ikki etakchi klubi o'rtasida raqobat yuzaga kelmoqda.
Odil Hamrobekov joriy mavsum Superliga birinchi davrasida "Bunyodkor" safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi va jamoasining etakchisiga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar