So’nggi yangiliklar

07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  0 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  8 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  6 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  1 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  5 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  6 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  2 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   9

AGMK rahbariyati Mirjalol Qosimovni futbolchilarga tanishtirdi Yangiliklar

AGMK rahbariyati Mirjalol Qosimovni futbolchilarga tanishtirdi

Bugungi AGMK klubi rahbariyati futbolchilariga yangi bosh murabbiyni tanishtirdi.

"Olmaliq KMK" boshqaruvi raisining ijtimoiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Ulug'bek Fayazov jamoa azolariga yangi murabbiyni tanishtirar ekan quyidagilarni aytib o'tdi.

- "Olmaliq KMK" rahbariyati, ko'p ming sonli kombinat xodimlari, butun Olmaliq ahli jamoadan 2019 yilgi mavsumda yuksak natijalarni kutmoqda. Bu yil jamoada ishlagan Baxtiyor Ashurmatovga rahbariyat  minnatdorchilik bildiradi. Uning murabbiylik faoliyatida omad tilaymiz. AGMK birgina kubok bahsida g'olib bo'lish bilan cheklanib qolmaydi. Jamoa oldiga yangi mavsumda faqat va faqat yuqori natijalarga erishish vazifasi qo'yildi". 

- "Yuksak marralarni zabt etish uchun, birinchi navbatda jamoani har tomonlama kuchaytirish lozim. SHu sababli, rahbariyat jamoaga faoliyati davomida ko'plab yutuqlarga erishgan, xalqaro maydonda ham ijobiy natijalar qayd etgan, tajribali murabbiy Mirjalol Qosimovni AGMK jamoasiga taklif etdi. O'tkazilgan muzokaralardan so'ng Mirjalol Qo'shoqovich taklifimizni qabul qildi. O'ylaymizki, bu Olmaliq shahri uchun ajoyib yangilik bo'ladi. Taniqli mutaxassis o'z bilimlari bilan shahrimiz jamoasini yanada yuksalishiga va ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritishiga o'z hissasini qo'shadi. Mirjalol Qo'shoqovichga jamoani ishonch bilan topshiramiz. Va rahbariyat tomonidan qanaqa yordam kerak bo'lsa, barchasiga tayyormiz".

SHundan so'ng, Ulug'bek Nabijonovich so'z navbatini Mirjalol Qosimovga berdi.


Mirjalol Qosimov: - "Avvalambor AGMK rahbariyatiga  taklif uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Murabbiylik ishi shunaqa. Bazida o'zgarishlar kuzatiladi. Man hamkasbim Baxtiyor Ashurmatovni yaxshi bilaman, biz murabbiylar o'rtasida hurmat hamisha saqlanib qoladi. Ashurmatovning keyingi murabbiylik faoliyatiga omad tilayman".

- "Nima deyishim mumkin, AGMK yangi mavsumda o'z oldiga yuqori maqsad qo'yganini Ulug'bek Nabijonovich aytib o'tdilar. SHunday ekan barcha bir jamoa bo'lib ishlash kerak. Maydonda futbolchilar to'p surishadi. Ular uchun barcha sharoitni yaratish va har bir xodim o'ziga yuklatilgan ishni sidqidildan bajarsa natija ham kelaveradi. Vaqt oz qolmoqda, rahbariyat tomonidan ishonch bildirilyaptimi, bunga munosib javob qaytarish lozim. Tayyorgarlik rejasini tez orada havola etamiz. Menga barchangizga yaxshi tanish bo'lgan murabbiylar Aleksandr Volkov,  Hikmat Ergashev, Xayrulla Karimov va Pavel Bugalolar ko'maklashishadi".

SHundan so'ng, jamoa bosh direktori Muxtor Qurbonov so'z olib, futbolchilar uchun barcha sharoit muhayyo etilishini, o'z navbatida futbolchilar ham mazmunli va shiddatli o'yinlari bilan stadionga keladigan muxlislarga quvonch ulashishlari lozimligini aytib o'tdi.

AGMKning dastlabki o'quv-yig'ini 30 dekabrga qadar davom etadi. 

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика