So’nggi yangiliklar

09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  0 08:50Ўртоқлик учрашувлари. "Тоттенхем" "Нюкасл" билан, "Аякс" эса "Монако" билан дуранг ўйнади. "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  0 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  6 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  12

AGMK O'zbekiston chempionatida 100-g'alabaga erishdi Yangiliklar

AGMK O'zbekiston chempionatida 100-g'alabaga erishdi

Teglar :  LokomotivAGMK
Kecha AGMK Superliga 4-turidan o'rin olgan bahsda Toshkentning "Lokomotiv" jamoasini mag'lubiyatga uchratdi.

Bu g'alaba jamoaning milliy chempionatdagi ishtiroki davomidagi 100-yubiley g'alabasi bo'ldi.

2008 yil. Ilk g'alaba
2008 yil elitada o'z ishtirokini boshlagan AGMK birinchi turdayoq ilk g'alabasini nishonlagandi. Dastlabki yutuq G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi bilan bahsda qayd etilgan. 3:0 hisobidagi yirik g'alabaga Aleksandr Dindikov, Konstantin Kanin va Baxtiyor Tog'aevlar tomonidan urilgan gollar bosh omil bo'lgandi.

2009 yil. 10-g'alaba
10-g'alaba jamoaning ikkinchi mavsumida qayd etildi. Kichik yubileyga etish uchun jamoaga 34 o'yin kerak bo'ldi. 4 aprel sanasida 4-turda Samarqandning "Dinamo" jamoasi 1:0 hisobida mag'lub etildi. Gol muallifi Mo'ydin Mamazulumov bo'ldi.

2010 yil. 25-g'alaba
Jamoaning elitadagi uchinchi mavsumi og'ir kechdi. AGMK birinchi davrada atigi ikki martagina g'alaba qozondi, xolos. SHu ikkinchi g'alaba jamoaning navbatdagi yubileyiga to'g'ri keldi. Bu galgi ko'rsatkich qayd etish uchun 73 o'yin kerak bo'ldi. 13-turdan o'rin olgan bahsda Namanganning "Navbahor" jamoasi 2:1 hisobida dog'da qoldirildi. Isroil Ergashev va Mo'ydin Mamazulumovlar tomonidan urilgan ikki gol g'alabaga etarli bo'ldi.

2013 yil. 50-g'alaba
Navbatdagi yubileyni uzoq kutishga to'g'ri keldi. Jamoa bu ko'rsatkichga 143-uchrashuvda erishdi. Klub o'z maydonida Toshkentning "Bunyodkor" jamoasini 3:1 hisobida taslim etdi. Evgeniy Gogolning dubli va Zafar Polvonov goli tarix sahifalaridagi 50-g'alaba uchun etarli bo'ldi.

2018 yil. 100-g'alaba
Yutuqlar sonini uch xonali raqam ko'rinishiga keltirish uchun jamoaga 284 o'yin kerak bo'ldi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, kechagi "Lokomotiv" bilan bahsdagi 1:0 hisobidagi yutuq 100-yubiley g'alaba bo'ldi. Tarixda qolgan bu yubileyga Vladimir Bubanya tomonidan urilgan gol ham qo'shib qo'yiladi.

Yubiley g'alabalarga oid qiziqarli holatlar
1, 50 va 100-g'alabalarda xorijlik futbolchilar o'z gollari bilan hissa qo'shishgan.
Zafar Polvonov 50 va 100-g'alabalarda ishtirok etgan va o'z hissasini qo'shgan.
Ignatiy Nesterov 50 va 100-g'alabalarda o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborgan.
Nesterov singari Oleg Zoteev ham 50 va 100-g'alabalarda mag'lub jamoa safida bo'lgan.
Mo'ydin Mamazulumov ikki yubileyda gol urishga erishgan.  


AGMK tomonidan qayd etilgan 100 g'alabada mag'lub etilgan jamoalar ro'yxati:

1. "Metallurg" (Bekobod), "Navbahor" (Namangan) - 10 martadan;
2. "Andijon" (Andijon) - 9 marta;
3. "SHo'rtan" (G'uzor), "Buxoro" (Buxoro), "Qizilqum" (Navoiy), "Dinamo" (Samarqand) - 8 martadan;
4. "So'g'diyona" (Jizzax) - 6 marta;
5. "Neftchi" (Farg'ona), "Mashal" (Muborak) - 5 martadan;
6. "Paxtakor" (Toshkent), "Qo'qon-1912" (Qo'qon), "Lokomotiv" (Toshkent) - 4 martadan;
7. "Obod" (Toshkent) - 3 marta;
8. "Xorazm" (Urganch), "Nasaf" (Qarshi), "Bunyodkor" (Toshkent) - 2 martadan;
9. "UzDongJu" (Andijon), "Guliston" (Guliston) - 1 martadan.

Umumiy hisobda 100 g'alaba 19 jamoaga qarshi bahslarda qayd etilgan. Jamoa elitada raqib bo'lgan barcha jamoani bir martadan bo'lsada mag'lub eta olgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика