So’nggi yangiliklar

21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  2 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  19 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  27 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  3 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4

AGMK nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi, debyutant futbolchilari gol urgan va samarali harakatni amalga oshirgan Yangiliklar

AGMK nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi, debyutant futbolchilari gol urgan va samarali harakatni amalga oshirgan

Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi AGMK jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida ilk nazorat bellashuvini o'tkazgani haqida klub matbuot xizmati xabar qilmoqda.

"Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz 2020 yildagi dastlabki nazorat bellashuvini o'tkazdi.

Nazorat uchrashuvidagi raqib Pro-Liga A vakili Toshkentning "Oq-tepa" jamoasi bo'ldi.

Tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismini o'tkazayotgan va asosan futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga etibor qaratayotgan jamoamiz har ikkala taymni turli xil tarkibda o'tkazdi.

Birinchi bo'limda o'ynagan tarkibda jamoamizga yangi kelib qo'shilgan Sanjar Tursunov va Arslonmirat Amanov harakat qilishdi. Etiborlisi, jamoaga qo'shilgan har ikkala yangi futbolchi samarali harakatni amalga oshirdi. Amanov birinchi golga assistentlik qilgan bo'lsa, ikkinchi golni jamoamiz debyutanti Sanjar Tursunov kiritdi. Dastlabki golda jamoaga qaytgan Arslonmirat Amanovning to'p uzatmasini SHahzod Nurmatov golga aylantirgan bo'lsa, ikkinchi golni Nurmatovning uzatmasidan so'ng Sanjar Tursunov o'zining aniq zarbasi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 2:0.

Ikkinchi taymda jamoaga yangi qo'shilgan Xojimat Erkinovning ishlagan penaltisini Elguja Grigalashvili golga aylantirib, uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatdi - 3:0.

SHu tariqa jamoamiz dastlabki nazorat bahsini ishonchli tarzda o'tkazib, yilni norasmiy g'alaba bilan boshladi.

Yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichining mazkur qismi 26 yanvarga qadar Toshkentda davom ettirish rejalashtirilgan. SHuningdek, rejada 25 yanvar kuni "Surxon"ga qarshi nazorat o'yini o'tkazish ham kiritilgan", - deyiladi AGMK matbuot xizmati bergan xabarda.

Nazorat o'yini

23 yanvar, payshanba.

AGMK - "Oq-tepa" 3:0

Qibray stadioni.

Hakam: Aziz Asimov.

Gollar: SHahzod Nurmatov (23, assist: Amanov), Sanjar Tursunov (44, assist: Nurmatov), Elguja Grigalashvili (77)

Birinchi bo'limda o'ynagan tarkib: Suhrob Sultonov - Akmal SHorahmedov, Dilshod Jo'raev, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov - Erkin Baydullaev (Jasur Umarov, 38), Mirjamol Qosimov, Sanjar Tursunov - Arslonmirat Amanov, SHahzod Nurmatov, Murod Toshmatov.

Ikkinchi bo'limda o'ynagan tarkib: Roman Abdulov - Mirg'iyoz Sulaymonov, Igor Zonich, Bobur Yo'ldoshev, SHeroz Jalolov - Jasur Umarov, Yovan Jokich, Xojimat Erkinov - Farhod Imamov, Mate Vatsadze, Elguja Grigalashvili. 


P.S. Qayd etish kerakki, AGMK jamoasi safida 2015-2016 yilgi mavsumlarda olmaliqliklar safida harakat qilgan turkmanistonlik vinger Arslonmirat Amanov harakat qilgan. Ko'rinishidan, o'tgan mavsumni "Loko"da o'tkazgan va yil avvalida "temiryo'lchilar"dan ketgan mahoratli futbolchi sobiq jamoasi AGMKga qaytgan. SHuningdek, "Paxtakor"ga tegishli bo'lgan 2001 yilda tug'ilgan iqtidorli futbolchi Xojimat Erkinov ham mazkur bahsda olmaliqliklar safida o'ynagan va uchinchi gol urilishida penaltini aynan Erkinov ishlagan.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика