AGMK ikki yildan buyon Ahrol Risqullaev boshqargan o'yinlarda g'alaba qozona olmayapti
15 sen 2022 17:00
Yangiliklar
AGMK ikki yildan buyon Ahrol Risqullaev boshqargan o'yinlarda g'alaba qozona olmayapti
Soca Cola Superligasining 19-turidan o'rin olgan AGMK - "Paxtakor" uchrashuvini Ahrol Risqullaev boshqarib boradi.
Risqullaevga qanotlarda Rishat Nugmanov va Aleksandr Sidorov yordam beradi.
Qiziq tomoni, olmaliqliklar so'nggi ikki yilda mazkur hakam boshqargan o'yinlarda g'alaba qozona olmayapti.
Joriy yilda ushbu hakam AGMKning "Metallurg"ga qarshi o'yinida ishlagan va unda bekobodliklar safarda 1:0 hisobida g'alaba qozongan.
2021 yilgi mavsumda Risqullaev Toshkent viloyati jamoasining ikki uchrashuvini boshqargan va ikkalasida ham durang natija qayd etilgan.
AGMK so'nggi bor 2020 yilning iyun oyida mazkur hakam boshchilik qilgan bahsda "Qizilqum"ni 1:0 hisobida mag'lub etgnadi.
Eslatib o'tamiz, AGMK — "Paxtakor" o'rtasidagi uchrashuv bugun soat 19:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar