So’nggi yangiliklar

22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  9 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  68 20:49"Ал Васл" — "Бани Яс". Таркиблар маълум  1 20:33"Шарлеруа" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 20:04АПЛ. "Челси" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Лондон дербиси нурсиз дуранг билан якунланди  16 19:55Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Сурхон"ни ишончли ҳисобда енгди  8 19:34"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар маълум  17 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  6 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0

AGMK futbolchilari Olmaliq shahridagi 80-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati mehmoni bo'ldi FOTOGALEREYA Yangiliklar

AGMK futbolchilari Olmaliq shahridagi 80-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati mehmoni bo'ldi FOTOGALEREYA

Teglar :  AGMK
Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni munosabati bilan 80-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida xayriya madaniy-marifiy tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati, kasaba uyushmasi kengashi, shahar Yoshlar ittifoqi va “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqining faollari hamda AGMK futbol klubining bir guruh charm to'p ustalari ishtirok etishdi. Tadbirni “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining ijtimoiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Ulug'bek Fayazov, boshqaruv raisining xodimlar bo'yicha o'rinbosari Azim Mirzadjanovlar ochib berishdi. Ular o'z nutqida mamlakatimizda nogironligi bo'lgan shaxslarga jamiyatning teng huquqli vakili sifatida munosabat bilan yondashilayotganini, buning natijasida Paraolimpiada musobaqalari, xalqaro tadbirlarda nogironlar olamshumul natijalarni qo'lga kiritib kelayotganini mamnuniyat bilan bildirdilar.



80-sonli maktab o'quvchilaridan iborat mini futbol jamoasi 2018-yilgi birinchilikda O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi. AGMK professional klubi futbolchilari hamda kombinat rahbariyati tomonidan g'olib o'quvchilarga chempionlik medallari va faxriy yorliqlar topshirildi. “Metallurg” madaniyat saroyi ijodiy jamoalari tomonidan taqdim etilgan rango-rang koncert dasturi ham tadbirga o'zgacha fayz kiritdi.



AGMK futbol klubi matbuot kotibi Baxtiyor SHirinov, jamoa himoyachisi Vladislav Kasminin va yarim himoyachisi Zoxir Pirimovlar o'quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berib o'tishdi. Maktab internati sport bazasini mustahkamlash yuzasidan bildirilgan takliflar tadbir mehmonlari tomonidan maqullandi.



Maktab internatining mo'jaz sport zalida “AGMK” va O'zbekiston chempioni 80-maktab o'quvchilari o'rtasida mini futbol bo'yicha uchrashuv o'tkazildi. Qizg'in o'tgan bellashuvda ixtisoslashtirilgan maktab internati jamoasi g'alaba qozondi. Uchrashuv so'ngida tadbir mehmonlari tomonidan o'quvchi yoshlarga sport anjomlari tuhfa etildi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика