So’nggi yangiliklar

00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  26 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5

"AGMK 2023 yilgi mavsum oxirigacha "Nasaf" singari loyihaga aylanadi" - Diyor Imomxo'jaev Yangiliklar

"AGMK 2023 yilgi mavsum oxirigacha "Nasaf" singari loyihaga aylanadi" - Diyor Imomxo'jaev

O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev AGMK haqidagi yangiliklar bilan bo'lishdi.

"AGMK 2023 yilgi mavsum so'ngiga qadar "Nasaf" singari loyihaga aylanadi. Yani, o'z stadioni, akademiyasi va bazasi mavjud bo'lgan futbol klubiga.  

Yanvar oyida AGMK stadioni maysasi hamda drenaj tizimini almashtirish, projektorlarni 2100 lyuksga etkazish ishlari boshlanadi. Katta ehtimol bilan aprel oyida stadion o'yinlarni qabul qilishga tayyor bo'ladi. Mart oyida klub uy uchrashuvlarini "Jar" stadionida o'tkazishi mumkin.  

OKMK sport kompleksi futbol klubi uchun uzoq yilga ishonchli boshqaruvga beriladi. SHuningdek, klub akademiyasini qurish ishlari boshlanadi. Akademiya Toshkent va vodiy o'rtasida joylashgani katta yutuq. U Angren, Ohangaron, Olmaliq shaharlari uchun juda qulay joyda barpo etilishi rejalashtirilgan.

AGMK avgust oyida CHempionlar Ligasining saralashidan muvaffaqiyatli o'ta olsa, guruh bosqichiga yo'llanma oladi va chimi talabga javob bera oladigan stadionda uy uchrashuvlarini qabul qiladi. 

OKMK rahbariga iliq va samimiy uchrashuv uchun minnatdorchilik bildiramiz. Vaqt o'ta ziq faoliyati davomida ham adabiyot, tarix va ilmga vaqt ajrata oladigan shaxslar doim hurmatga loyiq", – deyiladi O'zPFL rahbari xabarida.

Reyting: +14   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика