Afsuski, O'zbekiston futzal MTJning yana bir o'yinchisi Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi
28 avg 17:51
Yangiliklar
Afsuski, O'zbekiston futzal MTJning yana bir o'yinchisi Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi
O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi azosi Sunnatilla Jo'raev Portugaliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi. Tekshiruv natijalariga ko'ra, futzalchimizning xochsimon payi lat egan va endilikda u operaciya qilinadi.
Afsuski, futzalchimiz bir qancha muddatga safdan chiqdi va yaqinlashib kelayotgan FIFA Futzal Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi malum bo'ldi.
Sunnatillaning tezroq sog'ayishini tilab, uni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz.
Eslatib o'tamiz, oldinroq etakchi futzalchilarimizdan Davron CHoriev va Ravshan Eliboev ham mundialni o'tkazib yuborishi malum bo'lgan edi. Bundan tashqari, Anasxon Rahmatov ham anchadan beri mashg'ulotlarda ishtirok etmayapti.
O'zbekiston futzal terma jamoasining JCH oldidan so'nggi yig'iniga kimlar chaqirildi?
Fikrlar