Adidas Messiga yangi modeldagi butsani taqdim etdi
29 iyu 2020 17:36
Yangiliklar
Adidas Messiga yangi modeldagi butsani taqdim etdi
"Barselona" allaqachon mashg'ulotlarga qaytdi, chunki klub 8 avgust kuni "Napoli" bilan javob uchrashuvini o'tkazadi. Messi esa mashg'ulotlarda yangi butsada ko'rinish berdi.
Adidas Nemeziz Messi 19.1 FG – argentinalik uchun maxsus tayyorlangan, yangi rangdagi to'plam.



Kompaniya yangi butsani iyun oyida boshlanishi kerak bo'lgan Amerika kubogi uchun maxsus tayyorlagan. Ammo pandemiya barcha rejalarni buzdi – turnir keyingi yilga qoldirildi.
Adidas ushbu modelni kechiktirmaslikka qaror qildi va Messiga taqdim etdi. Mahsulot dizayni Leo futbolchilik faoliyatining ko'p qismini o'tkazgan shahardan namuna qilib olingan: apelsin rang ko'pincha "Barselona" liboslarida paydo bo'ladi.

Butsaning bir tomoniga golni nishonlayotgan Leo, "Barselona" va adidas chiziqlari joylashtirilgan bo'lsa, boshqa tarafida 10 raqami tasvirlangan.

Butsa tag qismida "O'rta dengiz" va old qismida Messi familiyasi bor.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar