Abror Pirriev: "O'zini hurmat qilgan tibbiy xodim hech qachon tibbiy uskuna tahlilini so'nggi xulosa tarzida qabul qilmaydi"
03 fev 2024 19:32
Yangiliklar
Abror Pirriev: "O'zini hurmat qilgan tibbiy xodim hech qachon tibbiy uskuna tahlilini so'nggi xulosa tarzida qabul qilmaydi"
Unga ko'ra, Yan Katanec: "Hojiakbar Toshkentda MRT (Magnit-rezonans tomografiya) analizini topshirgan ekan. Ushbu analizlarning javobi noto'g'ri ekan. MRT analizining javobiga ko'ra, u bemalol o'ynay olar edi. Lekin aslida bunday bo'lib chiqmadi. Toshkentda topshirilgan MRT analizining tashxisi noto'g'ri",- degan fikrni bildirdi.
Tajribali sport shifokori Abror Pirriev mazkur fikrlarga o'z munosabatini bildirdi.
"Tibbiy uskuna – shifokorga qo'shimcha malumot beruvchi vosita hisoblanadi xolos. Tashxisni esa doimo shifokor qo'yadi!!! CHunki shifokorda eng muhim jihat: “shifokor fikrlashi” – “vrachebnoe myshlenie” bo'ladi. Bu esa mudom o'qish, izlanish va tajriba ila orttiriladi.
SHu bois, o'zini hurmat qilgan tibbiy xodim hech qachon tibbiy uskuna tahlilini so'nggi xulosa tarzida qabul qilmaydi. Balki o'zining shaxsan tekshiruvi asosida barcha jihatlarni inobatga olib, tahlil qilib, so'ngra so'nggi tashxisni qo'yadi",- deydi Abror Pirriev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar