So’nggi yangiliklar

13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  2 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   14 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  4 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  18 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  13

Abror Ismoilov: “Neftchi” hali o'z muxlislarini chiroyli g'alabalar bilan yana xushnud etadi Yangiliklar

Abror Ismoilov: “Neftchi” hali o'z muxlislarini chiroyli g'alabalar bilan yana xushnud etadi

Superligada qisqa tanaffus yuzaga kelganidan xabaringiz bor. Ayni paytda jamoalar mavsumning ikkinchi qismiga hozirlik olib borishmoqda.

Mavsumni u qadar yuqori kayfiyatda o'tkaza olmayotgan Farg'onaning “Neftchi” klubi ham hozirda yozgi yig'inini davom ettirmoqda. Farg'onaliklar jamoasining yosh bo'lishiga qaramasdan allaqachon etakchilar safiga qo'shilib ulgurgan yarim himoyachisi Abror Ismoilov PFL rasmiy saytiga “Neftchi”ning hal qiluvchi uchrashuvlarga qanday hozirlik olib borayotgani haqida gapirib berdi.

“Umuman olganda, bu yilgi chempionat bahslari ancha qiziqarli kechmoqda deyish mumkin. Nafaqat milliy chempionatning nomi o'zgardi balki o'yinlarning surati ham ancha keskin va murosasiz ruhda kechmoqda. Har bir uchrashuv Superliga saviyasida o'tyapti. Ichki chempionat kuchli bo'lsa, bundan faqat o'zbek futboli yutadi”, - deya gap boshladi Ismoilov.

“Futbol birinchi o'rinda muxlislar uchun o'ynaladi. Quvonarli tarafi, bu yil o'zbekistonlik ishqibozlar ichki chempionat bahslarini katta qiziqish bilan kuzatib borishyapti. Bu borada O'FA hamda O'zPFLning olib borayotgan islohotlari katta ro'l o'ynamoqda. O'zbekistonda futbol ommalashib bormoqda. Futbolchilarga ham doim to'lib-toshgan stadionlarga to'p surish o'zgacha zavq bag'ishlaydi”.

20 iyundan boshlangan yig'in va jamoaning ikkinchi davraga tayyorgarligi haqida gapirarkan Ismoilov hali “Neftchi”ning yuqori o'rinlarga ko'tarilishiga ishonshini bildirdi.

“Qirgulida yozg'i yig'inni o'tkazyapmiz. Bo'lajak bahslarga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. SHu kunlarda jamoamizga yana bir qator tajribali o'yinchilarning qo'shilishi kutilmoqda. Mazkur o'yinchilar “Neftchi” jamoasini yana kuchaytiradi, deb o'ylayman. To'g'risi, bu mavsumda o'z muxlislarimizni xursand qila olmayapmiz. Biroq bu vaqtincha holat, deb o'ylayman. Baribir “Neftchi” o'z so'zini aytadi hali. Muhimi – mana shunday pallada muxlislarning daldasi uzilib qolmasa bo'lgani. Hozir ularning qo'llab-quvvatlashi futbolchilar uchun muhim, deb o'ylayman. Bizni oldinda mavsumning katta bir qismi kutmoqda. Ushbu davr mobaynida o'z muxlislarimizni g'alabalar bilan xursand qilib, ushbu qiyin vaziyatdan chiqib ketishimizga to'liq ishonaman”, - dedi istedodli futbolchi.

“Neftchi” FK matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.  

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика