So’nggi yangiliklar

18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  6 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  5 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  7 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1

Abramov: "Bu mavsum qandaydir intriga bor edi, lekin bu jamoalar kuchliligidan emas, balki hamma teng ravishda kuchsiz ekanligidan" Yangiliklar

Abramov: "Bu mavsum qandaydir intriga bor edi, lekin bu jamoalar kuchliligidan emas, balki hamma teng ravishda kuchsiz ekanligidan"

Coca Cola Superligasi 26-turi doirasidagi "Dinamo" – "Qo'qon-1912" (2:0) bahsidan so'ng samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.



- O'yin haqida

- Yigitlarga o'yin uchun rahmat! Pro ligaga tushib ketganimizga qaramasdan, ular ketma-ket 2 o'yinda borlarini berishdi. 

O'yinga kelsak, hech narsaga qaramasdan, o'yin uchun tanlagan rejamiz ish berdi va g'alaba qozondik.

- "Dinamo" ketma-ket 3 o'yinda motivaciyaga boy jamoalar – chempionlik uchun kurashgan "Nasaf", Superligada qolish ilinjida o'ynagan "Surxon" va "Qo'qon-1912" bilan to'qnash keldi, ammo yaxshi harakat qildi. Nega boshqa o'yinlarda jamoangiz o'yini chiqmadi?

- Kelganimda, optimal bir tarkibni yig'a olmadik. Har gal kimdir diskvalifikaciyaga uchradi yoki kimdir jarohat oldi. SHu bois optimal tarkibdan foydalana olmadik. Asosiy muammo himoyamizda edi. Faqat bir nafar nominal himoyachiga ega edik. Sababi shunda. Gap motivaciya yoki boshqa narsada emas. Afsuski, hozirgi kunda futbol shunday bo'lib ketdi... Siz jurnalistlar yozganingizdek, yutuqqa erishilsa, o'yin sotib olingan yoki mag'lubiyatga uchralsa, o'yin sotilgan bo'ladi... Ko'ramiz, endi nima deyisharkan.

- Bugungi g'alaba nimaning evaziga qo'lga kiritildi? Katta xohishmi yoki taktik ishlanma? 

- Hammasi birgalikda. Bir-birisiz bo'lmaydi. Siz xohlaganingizni o'ylab topishingiz mumkin, lekin futbolchida kurashish uchun ishtiyoq bo'lmasa, hech narsa qo'lingizdan kelmaydi. 

- So'nggi 3 o'yinda yaxshi harakat qildingiz. Pro ligada qolasizmi? Bilishimcha, hech qachon bu ligada faoliyat yuritmagansiz...

- Ha, nimadir qachondir birinchi marta bo'ladi. SHuning uchun hechqisi yo'q. Hammasi bilan ro'baro' kelamiz. Ko'ramiz, bu muammo emas deb o'ylayman. 

- Bunday yakundan keyin Pro ligada o'ynash qanday bo'larkan...

- Bu normal holat. Pro ligada ham bir yilda Samarqand sharafini munosib himoya qiladigan yaxshi jamoa tuzsa bo'ladi. 

- Jamoa rahbariyati bilan gaplashdingizmi? Ular siz bilan hamkorlik qilishda davom etishadimi? Masalan, muxlislar "Uchqun out" ("Dinamo" bosh direktori – tahr.) deya hayqirishdi...

- Muxlislar hayqirishi odatiy holat. "Abramov out" deyishadi, men "aut"da bo'laman, burchakda emas, albatta. 

- CHempionat yakunlandi. Mavsum qanday o'tdi? 

- To'g'risini aytsam, bu yil chempionat – kuchsiz. Qandaydir intriga bor, lekin bu jamoalar kuchliligidan emas, balki hamma teng ravishda kuchsiz ekanligidan.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика