Abrahamni unuting, endi SHomurodovda boshqa raqobatchi bor
22 noy 2021 10:12
Yangiliklar
Abrahamni unuting, endi SHomurodovda boshqa raqobatchi bor
Hamyurtimiz Eldor SHomurodov mazkur bahsda 75 daqiqa harakat qildi va o'z o'rnini yosh futbolchiga bo'shatib berdi. Buni qarangki, Eldor o'rniga tushgan yosh futbolchi 2ta gol urib, o'z jamoasiga g'alabani taqdim etdi.
Xo'sh, bu futbolchi kim? Uning ismi-sharifi: Feliks Afena-Gyan. 2003 yil 19 yanvar kuni tug'ilgan. Fuqaroligi: Gana. 18 yoshli futbolchi kecha ikkita golni raqib darvozasiga mixlab qo'ydi.
Malumot uchun, ushbu futbolchi bungacha "Roma" U-19 safida harakat qilib kelayotgandi. Uni Mourino payqab qoldi va "Jenoa" bilan o'yinda asosiy jamoaga taklif etdi. Natijasini esa ko'rib turibsiz.
SHomurodov Rimga kelganida ko'pchilik uni Temmi Abraham bilan raqobatlashadi deya fikr bildirgandi. Yo'q, unday bo'lmayapti. Abraham uchun har doim asosiy tarkibda joy kafolatlangan. Eldorning esa buyog'iga 18 yoshli hujumchi bilan raqobat qilishiga to'g'ri keladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar