So’nggi yangiliklar

22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  3 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  1 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  99 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  15 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  23 17:463 та голга ассистентлик қилган футболчи, рақибни тор-мор келтирган мураббий, 22 ёшли посбон — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари​  0 17:20Ўзбекистонда футбол соҳаси рақамлаштирилади  6 17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0

Abdusamad Do'rmonov: "Purishkin uchun alohida reja tuzmagandik" Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: "Purishkin uchun alohida reja tuzmagandik"

A PRO-Liga 19-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Oq-tepa" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov saytimizga intervyu berdi.

- Abdusamad aka, avvalo g'alaba bilan tabriklaymiz! Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...

- Uchrashuvning dastlabki qismida o'yinimiz qovushmadi. SHundan kelib chiqib, jamoamiz taktikasini o'zgartirdik. Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib futbolchilarimiz tashabbusga ega bo'la boshlashdi. Bizda vaziyatlar yuzaga kela boshladi, penalti ham tepdik, umuman olganda o'yindagi ustunlik biz tomonga o'tdi. Tanaffusda jamoamiz murabbiylari bilan futbolchilarga ikkinchi bo'limda o'yinga yana qo'shish lozimligini, uchrashuvda tashabbusni qo'llariga olishlarini aytib o'tdik.
Ikkinchi bo'limda jamoamiz birinchi bo'limga qaraganda kuchliroq o'yin ko'rsatdi. Vaziyatlar yuzaga keldi va gollar kiritdik.

- Jamoangizda penalti tepish vazifasi kimga yuklatilgan?

- Doim takrorlayman, bizda kim o'sha vaziyatda tayyor bo'lsa, masuliyatni bo'yniga olsa o'sha futbolchi tepadi. Endi ko'proq Toshpo'latov, Karimovlar bu ishni bajarib kelishardi. Bugun Islombek Karimov bu ishni amalga oshirdi, afsus gol bo'lmadi.

- Raqiblar tomonidan namoyish etilayotgan uchrashuvlarni kuzatib borishingiz tabiiy. "Oq-tepa" jamoasida Pavel Purishkin ketma-ket uchrashuvlarda gol kiritayotganligini inobatga olsak, demak u xavfli futbolchi sanaladi. Bugungi o'yinda aynan Purishkinni "yopish" uchun sizda alohida reja bor edimi?


- Ha to'g'ri aytdingiz, biz raqiblar o'tkazayotgan uchrashuvlarni tahlil qilamiz, ko'rib chiqamiz va ularning o'yinidan kelib chiqib taktika tanlaymiz. Pavel Purishkin haqida bilaman, lekin bugun uni zararsizlantirish uchun bizda alohida reja yo'q edi. Bizda hozir har bir chiziqda raqobat kuchli, himoyachilarimiz raqib hujumchilariga munosib qarshilik ko'rsata olishmoqda.

Bugungi g'alaba bilan Farg'ona ahini, barcha "Neftchi" muxlislarini tabriklayman. Uchrashuvlarga tashrif buyurib bizni qo'llab-quvvatlab kelayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. O'ylaymanki, jamoamiz muxlislari navbatdagi uchrashuvlarda ham stadionga kelib, bizni qo'llab-quvvatlab turishadi.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика