Abduqodir Husanov Xavi Simons, Florian Virc, Jud Bellingem, Lamin Yamal qatorida etirof etildi
04 okt 15:43
Yangiliklar
Abduqodir Husanov Xavi Simons, Florian Virc, Jud Bellingem, Lamin Yamal qatorida etirof etildi
"SofaScore" sentyabr oyi yakunlariga ko'ra U-21 ramziy jamoasini taqdim etdi.
Unda Evropa etiborini o'ziga qaratib kelayotgan O'zbekiston terma jamoasi va "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov ham o'rin oldi.
20 yoshli Husanov "Lans" himoyasida Kevin Danso o'rnida harakat qilmoqda va o'zini munosib ravishda namoyish etmoqda. SHunday qilib, himoyachi bir qator 21 yoshgacha bo'lgan nomdor futbolchilar qatoridan joy egalladi.
U-21 ramziy jamoasi
Darvozabon: Kauan Santos ("Ayntraxt")
Himoyachilar: Saba Goglichidze ("Empoli"), Abduqodir Husanov ("Lans"), Levi Koluill ("CHelsi")
Yarim himoyachilar: Karlos Baleba ("Brayton"), Jud Bellingem ("Real"), Lamin Yamal ("Barselona"), Niko Pas ("Komo"), Florian Virc ("Bayer"), Xavi Simons ("Leypcig")
Hujumchi: Anj-Yoan Bonni ("Parma")
O’xshash yangiliklar
23:00
Franciya chempionati. "Lans" Husanovsiz o'z uyida "Marsel"dan uchta to'p o'tkazib, mag'lub bo'ldi 7
Fikrlar