So’nggi yangiliklar

08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  1 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  9 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21

Abdumavlon Abdujalilov: “Bunyodkor”ning sovrinli o'rinlar uchun kurashishini hech kim kutmagandi" Yangiliklar

Abdumavlon Abdujalilov: “Bunyodkor”ning sovrinli o'rinlar uchun kurashishini hech kim kutmagandi"

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi sobiq darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov joriy mavsumni “Bunyodkor” jamoasida boshladi.

Yil boshida tarkibda faqat Murod Zuhurov qolganini inobatga olsak, yosh posbon tajribali kiperga raqobatchilik qilishi kerak edi. Fikrimizcha u o'zining jamoadagi dastlabki mavsumidayoq muxlislar etiboriga tushdi. Qiyin pallalarda, muqarrar gollardan qutqardi. Terma jamoadan chorlov qabul qildi. Biz futbolchi bilan suhbatlashdik.

- Bu yil ilk bor “Bunyodkor” libosida maydonga tushdingiz. Klubdagi debyut mavsum siz uchun qanday o'tdi?

- Yil avvalida, jamoamizni sovrinli o'rinlar uchun kurashishini hech kimning xayoliga kelmagandi. Jamoadagi ichki muhitni yaxshiligi hisobiga shunday yutuqlarga erishdik deb o'ylayman. Bollar ham murabbiyning ko'rsatmalarini maydonda to'g'ri bajarishga harakat qilishdi. Vadim Abramov faqat o'z o'yinimizni o'ynashimizni, natija esa o'z o'zidan kelishini takidladilar.Ko'rib turibsiz qilingan mehnatlarimiz samarasi uzoq kuttirmadi. Uchinchi o'rin klub tarixida ilk bor qayd etildi. Oldingi yillarda oltin va kumush meddalari jamg'arilgan ekan.

- Jamoa deyarli barchasini noldan boshladi. Hatto shunday vaziyat bo'ldiki, “Bunyodkor” ancha vaqtgacha o'z maydonida uchrashuvlarni o'tkaza olmadi. Mavjud qiyinchiliklardan qanday chiqib ketildi?

- Meni fikrimcha joriy yilni yomon o'tkazmadik. Yuqorida aytganimdek murabbiy faqat futbolni o'ylash kerakligini tushuntirdi. Garchi, tarkibimizda yoshlar ko'p bo'lsada har bir bahsda mazmunli o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Muhlislar uchun esda qolarli tomoni bizni ko'rsatgan o'yinimiz bo'ldi.



- Darvozabonlar murabbiyi Abdusattor Rahimov bilan birinchi marotaba ishladingiz. Bu inson haqida avval ham bilarmidingiz?

- Ular haqida bu erga kelgunimga qadar juda ko'p iliq fikrlar eshitgandim. Ko'pni ko'rgan, tajribali mutahassis ekanliklariga amin bo'ldim. Ignatiy Nesterov, Pavel Bugalo, Murod Zuhurov kabi darvozabonlarni shug'ullantirganlar. Faqat ijobiy fikr bildirish mumkin.

- O'zingiz uchun yakuniga etayotgan yilda nimani kashf qildingiz?

- Faoliyatimda birinchi bor sovrinli o'rinlar uchun kurashda qatnashdim. Sobiq jamoam “Neftchi” o'rtamiyona klub sanalardi. Baribir, oldiga yuqorimaqsadlarni qo'ygan klublarda masuliyat va talab boshqacha bo'ladi. Albatta, bosim yuzaga kelishi turgan gap. Muhimi uni engib o'tish.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика