So’nggi yangiliklar

00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  2 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  19 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  4 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  101 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  21

Abdumalik Hakimov: “Jamoamning o'yini ochilib ketishi uchun bizga g'alaba etishmayapti” Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: “Jamoamning o'yini ochilib ketishi uchun bizga g'alaba etishmayapti”

19 aprel ''Cementchi'' - ''Kosonsoy''ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandan so'ng ''Cementchi'' bosh murabbiyi Abdumalik Hakimovdan klub matbuot kotibi qisqacha intervyu oldi.
- Uchrashuv hususida nima deya olasiz...
- O'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam o'yin tashkil qilgan, o'yindi boshqargan, hujum uyushtirgan jamoa ham faqat biz bo'ldik lekin imkoniyatlardan foydalanish borasida futbolchilarimga aniqlik etishmadi 1-bo'limning o'zida jamoamiz 5 yoki 6 marta raqib darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi. Ikkinchi bo'lim boshida hisobda oldinga chiqib olishimizga qaramay ikki qo'pol xatomiz evaziga gol o'tkazib yubordik va bu bizga qimmatga tushdi agar imkoniyatlarni barchsidan samarali foydalanganimizda hisob umuman boshqacha bo'lardi.

- 1-liganing 4-tur uchrashuvlari ham o'z nihoyasiga etdi. Hozirda sizning jamoangizda 4 uchrashuvda bor yo'g'i 2 ochko bu nima bilan bog'liq?  Balkim tarkibga jalb qilingan o'yinchilar orasida ishonchni oqlay olmagan o'yinchilar ham bo'ldi deb o'ylayotgandirsiz.
- Yo'q tarkibga qo'shib olingan o'yinchilarni barchasiga ishonaman bu yil biz 1-ligada yangidek biz 1-ligaga 7 yil deganda qaytdik  o'yinchilarni barchasi yangi ular bir birini tushunib o'ynashlari uchun biroz vaqt talab etiladi... Jamoamni o'yini ochilib ketishi uchun bizga g'alaba etishmayapti.

- ''Cementchi'' muxlislari hususida nima deya olasiz?
- Men o'zim futbolchi bo'lib bir nechta jamoalarda o'ynagan bo'lsam ham lekin hozirgi muxlislarimizni barcha ishqibozlarimizdan  ustun qo'ygan bo'lardim. Kecha ''Kosonsoy''ga mag'lub bo'lgan bo'lsakda uchrashuv boshidan oxirigacha bizni qo'llab-quvvatlab turishdi. Barcha bizni qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizga katta  rahmat aytib qolaman... “Oyning o'n beshi qorong'u bo'lsa, o'n beshi yorug'” xudo xohlasa yorug' kunlarga ham oz qoldi.
 

Islomjon Akbarov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика