So’nggi yangiliklar

01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  1 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  45 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  7 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  102 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  4 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  16

Abdumalik Abdullaev: “Andijon” har qanday o'yinda faqat g'alaba uchun o'ynaydi” Yangiliklar

Abdumalik Abdullaev: “Andijon” har qanday o'yinda faqat g'alaba uchun o'ynaydi”

Bugun O'zbekiston Kubogining 1/8 final bosqich javob o'yinlari bo'lib o'tadi.

Andijon shahridagi “Sog'lom avlod” stadionida “Andijon” –  “Qizilqum” uchrashuvi soat 17:00da start oladi. Bo'lajak bahs oldidan “burgutlar”ning  tezkor futbolchisi Abdumalik Abdullaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Kubok o'yinida ham jamoamiz imkon qadar o'z oldiga uzoqroqqa borishni maqsad qilib qo'ygan. SHu bois “Qizilqum”ga qarshi bahs ham biz uchun nihoyatda muhimdir. Ayniqsa o'z ishqibozlarimiz ko'z o'ngida faqat g'alaba uchun o'ynashimiz kerak. Buni yaxshi tushunib turibmiz. Nasib qilsa bugun keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.

- “Qizilqum”oliy liganing o'rtamiyona jamoalaridan biri. Raqibni hurmat qilamiz. Javob o'yini oldidan juda yaxshi imkoniyatga egamiz. Dastlabki uchrashuvda safarda 2:2 hisobi qayd etilgandi. Ammo shunga qaramay biz javob uchrashuviga jiddiy qaradik va yuqori darajada tayyorgarlik ko'rdik. Yaqinda chempionat doirasida Navoiyda ushbu raqibimizga 2:1 hisobida mag'lub bo'lgandik. Endi biz ham bunga munosib ravishda javob qaytarishimiz lozim.   

- Maydonga tushishga tayyorman. Agarda murabbiylar ishonch bildirsa, berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, jamoamga foyda keltirishga xarakat qilaman. Nasib qilsa bugun joriy mavsumdagi gollarim sonini ochaman – deydi Abdumalik Abdullaev.

"Andijon" matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика