So’nggi yangiliklar

21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  21 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  2 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  587 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  2 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  4 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   2 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  44 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  5 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0

Abdulaziz Jo'raboev: "Nurafshon"ni mag'lub etmoqchimiz" Yangiliklar

Abdulaziz Jo'raboev: "Nurafshon"ni mag'lub etmoqchimiz"

Teglar :  Abdulaziz Jo'raboev
PRO-Liga 12-turida o'tkazilgan "Zomin"- "Yozyovon" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlarning 77-raqamli futbolchisi Abdulaziz Jo'raboev fikrlari bilan qiziqdik.

- Abdulaziz, bilamizki "Zomin" klubi ancha tajribali jamoa hisoblanadi. Ushbu jamoa bilan o'tkazilgan uchrashuv haqida fikrlaringiz qanday?
- Biz safarda "Zomin" jamoasiga qarshi qiyin uchrashuv bo'lishini bilar edik. "Zomin" jamoasi tajribali va yaxshi shakllangan jamoa. SHunga qaramay biz uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Jamoamiz bosh murabbiyi Salimjon Zokirov bu uchrashuv biz uchun qiyin bo'lishini, o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rishimiz lozimligini uqtirdi.

Uchrashuv davomida bizda ham yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi, afsus foydalana olmadik. Agar o'sha vaziyatlardan foydalanib, raqib darvozasiga gol ura olganimizda, hozir uyimizga 3 ochko bilan qaytayotgan bo'lar edik."Zomin" jamoasiga kelasi uchrashuvlarda omad tilayman.

Biz navbatdagi uchrashuvni o'z maydonimizda guruhimiz peshqadami "Nurafshon" klubiga qarshi o'tkazamiz. Nasib qilsa, ushbu uchrashuvda g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика