So’nggi yangiliklar

21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  0 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  3 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  7 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  3 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  18 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  3 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  12 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0

Abdujamol Isroilov: “Kechasi uyqudan uyg'onib ketsam ham, tezroq oyog'imning tuzalishini o'ylayman” Yangiliklar

Abdujamol Isroilov: “Kechasi uyqudan uyg'onib ketsam ham, tezroq oyog'imning tuzalishini o'ylayman”

Barcha sportchilar singari futbolchilar ham karantin davrini o'z uylarida, oila davrasida o'tkazishmoqda.

Ushbu imkoniyatdan foydalangan holda, “Navbahor”ning  mahoratli yarim himoyachisi Abdujamol Isroilov bilan telefon orqali bog'lanib, unga o'zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

- Karantin paytini uyda qanday o'tkazyapsiz? Zerikmayapsizmi? Futbolni sog'indingizmi?

- Albatta, barcha futbolchilar qatori, men ham karantin davrini uyda o'tkazyapman. Jarohat sababli, futboldan ancha muddat chetda bo'ldim. Ayni paytda jamoamiz murabbiylarining uyda mashg'ulotlar o'tkazish uchun belgilab bergan dasturlari asosida uyimizda yakka tartibda mashqlar olib boryapman.

Hozircha kuniga mashg'ulotlar olib borayotganligim bois, unchalik zerikish yo'q. Albatta, futbolchi bo'lganligingizdan keyin, kasbingiz shu sohaga daxldor bo'lganidan keyin, futbolni sog'inasiz-da! Sog'inmay bo'ladimi? (kuladi).

- Jarohatingizdan to'liq forig' bo'ldingizmi? Endi og'riqlar bezovta qilmayaptimi?


- To'g'risini aytsam, jarohatimdan hali unchalik to'liq forig' bo'lmadim. Boisi, jarohat ancha jiddiy bo'lgan ekan. Ammo asta-sekin yugurishni boshladim, takidlaganimdek, uyda yakka tartibda mashg'ulotlar olib boryapman. Qisqasi, jarohatdan tezroq forig' bo'lishga intilyapman. Xudoga shukr, og'riqlar unchalik bezovta qilmayapti.

Fursati kelganida, yana shuni ham qo'shimcha qilmoqchimanki, ko'pchilik muxlislar: “Abdujamolning jarohatdan tuzalishi cho'zilib ketdi”, deb o'ylashlari mumkin. Afsuski, jarohatim ancha jiddiy ekan. Ayni paytda butun fikrim tezroq undan qutulib, klub rahbariyati tomonidan ayni paytda ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik va yordamga munosib javob qaytarish.

Kechasi uyqudan uyg'onib ketsam ham, tezroq oyog'imning tuzalishini o'ylayman.

Xudo xohlasa, jarohatimdan tezroq forig' bo'lsam, chiroyli o'yinlarim hamda gollarim bilan “Navbahor”ning zafarlariga munosib hissa qo'shish niyatidaman.


- Jamoalarga mashg'ulotlar o'tkazishga ruxsat berilsa, umumiy mashg'ulotlarga qachon qo'shilasiz?

- Bu haqda aniq malumot ayta olmayman. Mashg'ulotlarga ruxsat berishaversin-chi, balki, shunda umumiy mashg'ulotlarga qo'shilarman. SHunga harakat qilyapman, albatta.

- Karantindan so'ng, davom ettiriladigan Superliga bahslarida sensaciyalar yuzaga kelishi ehtimoliga qanday qaraysiz?


- Barcha jamoalar joriy mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rgan. Karantindan so'ng, futbolchilar maydonga yanada kuchli ishtiyoq bilan chiqishadi. To'g'ri, muxlislarsiz o'ynash biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Ammo karantindan keyingi futbol ancha qiziqarli tarzda kechadi, menimcha.

- Bolaligingizda kumiringiz kim bo'lgan? Hozirgi futbolchilardan qaysinisiga havas qilasiz?


- Bolaligimda Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” hujumchisi Ueyn Runining o'yinlariga havas qilardim. Hozirgi futbolchilardan esa Braziliya terma jamoasi hamda “Real” klubi yarim himoyachisi Kazemironing o'yinlariga havas qilaman.

- Joriy mavsumda “Navbahor”ning oldiga Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yildi. Jamoaning ushbu maqsadni amalga oshirish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Jamoamizning ayni paytdagi tarkibi OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishga qodir. Boisi, “Navbahor” safidan ancha tajribali va mahoratli futbolchilar o'rin olishgan. SHu bois, Superligada sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boramiz. Bundan tashqari, o'zingizga malum, bu yil O'zbekiston kubogi finali biz uchun qadrli bo'lgan Namangandagi stadionda o'tkaziladi. Mazkur imkoniyatdan samarali foydalanib, billur sovrinni qo'lga kiritish uchun bor kuchimizni sarflaymiz, degan umiddaman.

Umuman olganda, ko'p yillik tanaffusdan so'ng, muxlislarga quvonch ulashishni niyat qilganmiz.

- Sizningcha, futbolda mahorat nechog'lik muhim?

- Albatta, millionlar o'yinida mahoratning o'ziga yarasha o'rni bor. Alloh har bir futbolchiga biroz bo'lsa-da, iqtidor, mahorat beradi. Buni esa mehnat bilan takomillashtiriladi. SHuning uchun mahorat hamda mehnat uyg'unlashsa, futbolchining o'yinlarida o'sish kuzatiladi.

- Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?


- Jamoamiz ishqibozlarini yaqinda nishonlangan Ramazon hayiti bilan tabriklayman. Ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tilayman. Muxlislar mening ham tezroq yashil maydonga qaytishimni kutib, qo'llab-quvvatlab turishibdi. Buning uchun ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Xudo xohlasa, koronavirus pandemiyasi tezroq ortda qolib, ishqibozlarning yana stadionlarni to'ldirib o'tirishlariga tilakdoshman. Baxtimizga muxlislar doimo sog'-salomat bo'lishsin, ilohim!


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика