So’nggi yangiliklar

22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  0 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  6 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  3 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  1 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  3 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  7 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  1 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  3

⚡️ Abdixoliqov va Sergeev o'ynayotgan jamoalar keyingi mavsum evrokubokda qatnashishi aniq Yangiliklar

⚡️ Abdixoliqov va Sergeev o'ynayotgan jamoalar keyingi mavsum evrokubokda qatnashishi aniq

Qozog'iston chempionatida joriy mavsum yakunlangani haqida xabar bergandik.

“Tobol” bronza medallariga ega chiqdi va Konferenciyalar Ligasi saralashiga yo'l oldi. Kostanayliklar musobaqani 2-kvalifikaciya raundidan boshlashi kutilmoqda. Yangi mavsumning saralash o'yinlari esa 2023 yilning 13 iyulidan start oladi.

Igor Sergeev o'ynayotgan jamoa bu mavsum ECHL saralashini ilk bosqichdayoq (“Ferencvarosh” – 0:0, 1:5) tark etdi va KL 3-kvalifikaciya raundida “Zrinski Mostar” (0:1, 1:1) to'sig'idan o'ta olmadi.

“Energetik-BGU” tarixda ilk bor Belarus yuqori divizionida mavsumni kuchli uchlikda yakunlaydigan bo'ldi. Jamoa kamida 2-o'rinni naq qilgan. Avvalroq, Bobir Abdixoliqov musobaqa tarixida bir mavsum davomida gol urish (26 ta) bo'yicha eng yaxshi legionerga aylanib olgani haqida xabar bergandik.  SHuningdek, ushbu jamoada o'zbekistonliklardan Abduqodir Husanov va Amirbek Baqoev ham harakat qiladi. 

Minskliklarni oldinda 12 noyabr kuni “Dinamo”ga qarshi oxirgi tur bahsi kutib turibdi. Peshqadam “SHaxtyor” (Soligorsk) esa shu kuni “Belshina” bilan bahs olib boradi. Oradagi farq ikki ochkoni tashkil etmoqda.

“Energetik-BGU” musobaqani ikkinchi bo'lib yakunlasa, keyingi mavsum Konferenciyalar Ligasi 2-saralash bosqichida ishtirok etadi. Agar chempionlik qo'lga kiritilsa, u holda jamoa CHempionlar Ligasi yangi mavsumini 1-kvalifikaciya raundidan boshlaydi. ECHLda saralash uchrashuvlari 2023 yil 27 iyundan start oladi.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика