Abbosbek Fayzullaev Rossiyada "mavsum kashfiyoti" sovrini uchun yakuniy uchlikdan joy oldi
15 may 19:22
Yangiliklar
Abbosbek Fayzullaev Rossiyada "mavsum kashfiyoti" sovrini uchun yakuniy uchlikdan joy oldi
Hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer ligasida "mavsum kashfiyoti" sovrini uchun kurashadi.
RPLda mavsumning eng yaxshilarini aniqlash jarayoni boshlandi.
"Mavsum kashfiyoti" nominaciyasi uchun 3 nafar nomzod elon qilindi. Bular: 20 yoshli Abbosbek Fayzullaev (CSKA), 24 yoshli Bitello ("Dinamo") va 19 yoshli Nikita Saltikov ("Krilya Sovetov").
Saralashning birinchi bosqichida muxlislar ovoz berishdi. Unda Fayzullaev hammadan ko'p ovoz to'pladi.
Mazkur sovrin g'olibini murabbiylar, jamoa sardorlari, sharhlovchilar va Rossiya futboli faxriylaridan iborat maxsus hayat azolari aniqlashadi.
Fikrlar