Abbosbek Fayzullaev: "Orzumdagi klub "Barselona", ammo "Real"dan taklif bo'lsa, kim ham rad etardi?!"
29 fev 2024 20:41
Yangiliklar
Abbosbek Fayzullaev: "Orzumdagi klub "Barselona", ammo "Real"dan taklif bo'lsa, kim ham rad etardi?!"
CSKAning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev "Real Madrid"dan taklif kelsa, rad etish-etmasligi to'g'risida fikr bildirdi.
"Real Madrid"dan taklif kelsa, albatta, rozi bo'laman, kim ham bu jamoaga borishni istamaydi? "Barselona" esa — orzumdagi jamoa. Bolaligimda Gvardiolaning tiki-takasiga muxlislik qilganman. Klub hozir inqirozda, ammo bu jarayon o'tib ketadi, deb o'ylayman", — dedi Fayzullaev.
Eslatib o'tamiz, Fayzullaev o'tgan yozda "Paxtakor"dan Moskva klubiga o'tgandi. Bu davrda u barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar