Abbosbek Fayzullaev nega CSKA asosiy tarkibiga kirmayapti? Futbolchi qisqa intervyu berdi
14 mar 2024 16:25
Yangiliklar
Abbosbek Fayzullaev nega CSKA asosiy tarkibiga kirmayapti? Futbolchi qisqa intervyu berdi
CSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev nima uchun asosiy tarkibda maydonga tushmayotgani borasidagi savolga javob berdi.
— Fedotov nima uchun asosiy tarkibga qo'ymayotganini tushuntirdimi?
— Yo'q.
— Bu Osiyo kubogi bilan bog'liq emasmikin?
— Bilmayman. Savol bosh murabbiyga.
— Jismoniy tomonlama to'liq o'yinga tayyormisiz?
— Ha, — dedi Fayzullaev Sport24 jurnalisti Andrey Babich bilan suhbatda.
Malumot uchun, Fayzullaev Osiyo kubogidan so'ng CSKA safida "Orenburg" bilan bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 73 daqiqa harakat qildi. Keyin "Krilya Sovetov" va "Rostov"ga qarshi o'yinlarda zaxiradan maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar