A Seriya. SHomurodov assistlar borasida Ilichich, Sapata, Dyumfris, Lokotelli va Abraxam bilan tenglashdi
24 apr 2022 08:30
Yangiliklar
A Seriya. SHomurodov assistlar borasida Ilichich, Sapata, Dyumfris, Lokotelli va Abraxam bilan tenglashdi
Italiya chempionati 34-turida “Inter” o'z maydonida “Roma”ni 3:1 hisobida taslim etdi.
Mehmonlar safida Genrix Mxitaryan javob goli muallifi bo'ldi va unga zaxiradan tushgan Eldor SHomurodov assistentlik qildi.
Bu o'zbekistonlik futbolchining A Seriya joriy mavsumidagi 4-golli pasi bo'ldi va u bu borada jamoadoshlari Lorenco Pellegrini, Temmi Abraxam, “Atalanta” azolari Duvan Sapata, Yosip Ilichich, “Napoli” futbolchilari Irving Losano, Matteo Politano va “Inter” himoyachisi Denzel Dyumfris kabi o'yinchilar bilan tenglashdi. Bu borada musobaqa etakchisi esa Domeniko Berardi (“Sassuolo”, 11 ta) hisoblanadi. SHuningdek, Eldor hisobida 2 ta gol ham bor.
Qayd etish joiz, 26 yoshli futbolchi 2021/22 yilgi mavsum Italiya chempionatida 24 o'yinda qatnashdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar