So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

A Seriya: "Qaynoq" start va "kambek"larga boy o'tgan tur haqida Yangiliklar

A Seriya: "Qaynoq" start va "kambek"larga boy o'tgan tur haqida

Italiya A Seriyasining 2-turi yakunlari haqida to'xtalib o'tamiz.

"Kuchli-beshlik" chempionatlari ichida eng "qaynoq" start shubhasiz A Seriyada bo'ldi. Joriy mavsumda ajoyib o'yinlari, dramatik bahslar va "kambek"lari bilan Italiya chempionati ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otmoqda.

A Seriyaning ikkinchi turidan o'rin olgan ikkita markaziy bahsda ham mezbonlar g'alabani tantana qilishdi. Dastlab Turinda boshlangan  "Yuventus" - "Lacio" uchrashuvida Pyanich va Manjukich tomonidan kiritilgan gollar o'yin taqdirini hal etdi. Qayd etish kerak, bu to'qnashuvda mehmonlar "Yuventus"ga kutilgan kurashni taqdim eta olishmadi.

Neapoldagi o'yin esa muxlislar uchun oldindan taxmin qilinganidek shirin "desert"ga aylandi. Ustoz va shogird, yani Anchelotti - Gattuzo qarama-qarshiligida tajriba o'z so'zini aytdi. Dastlab Bonaventura hamda Kalabriya tomonidan kiritilgan gollar "Milan"ga g'alabani taqdim etadigan ko'ringandi. Ammo ikkinchi bo'limda o'yin bobida mehmonlarga umuman imkoniyat bermagan "Napoli" javob tariqasida uchta to'p kiritishni uddasidan chiqdi. Natijada "Napoli" birinchi turda bo'lgani kabi yuksak iroda namoyish etdi. Futbol tili bilan aytganda, navbatdagi "kambek" orqali neapoliklar g'alabani tantana qilishdi.

Birinchi turda "Sassuolo"ga yutqazgan va jahldor kayfiyatda bo'lgan "Inter" o'z uyida "Torino" mehmon qildi. O'yin avvaliga mezbonlar istagan scenariy ostida boshlandi. Ammo ikkinchi bo'limda vaziyat o'zgardi. Tanaffusdan so'ng "Torino" ikkita to'p farqini yo'qq chiqarib, tablodagi hisobni 2:2 ko'rinishiga keltirdi. Yakunda Maccari boshchiligidagi "Torino" Spalettining boshqaruvidagi "Inter"dan bir ochko tortib oldi. "Inter" esa ikkinchi turdirki g'alaba nimalagini bilmayapti.

Stefano Pioli qo'l ostidagi A Seriyadagi eng yosh jamoa - "Fiorentina" birinchi turda "Yuventus"ga muammolar taqdim etishga uringan "Kevo"ni qabul qildi. Genuyadagi fojia tufayli "Fiorentina"ning birinchi tur o'yini qoldirilgandi. SHu boisdan ham "Kevo"dan farqli o'laroq bu bahs Pioli jamoasi uchun yangi mavsumdagi ilk rasmiy o'yinga aylandi. A Seriyaning yangi niholi sifatida qaralayotgan "Fiorentina" o'z uyidagi bahsda "Kevo"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. "Kevo" "Fiorentina"ning oltita goliga birgina javob to'pi bilan kifoyalandi.

Filippo Inzagi qo'l ostidagi "Bolonya" A Seriyaga yangi qo'shilgan "Frozinone" maydonida nursiz durangga imzo chekdi.

Genuyadagi fojia tufayli birinchi turni o'tkazib yuborgan shahar jamoasi - "Jenoa" "Empoli"ni mag'lub etishni uddasidan chiqdi va chempionatni g'alaba bilan boshladi.

Gollarga boy tarzda o'tgan yana bir bahsda "Kalyari" va "Sassuolo" g'olib nomini aniqlay olishmadi - 2:2.

Leonardo Semplichi bosh murabbiyligidagi SPAL o'z uyida "Parma"ni qabul qilib, yagona gol evaziga muhim g'alabaga erishdi. Etiborlisi, SPAL ikkinchi turdan keyin yuz foizlik natija ko'rsatgan holda peshqadamlar qatoriga o'rnashib oldi.

"Udineze" esa o'z uyidagi ilk bahsda g'alabani tantana qildi. Xulio Velaskez qo'l ostidagi jamoa "Sampdoriya" qarshiligini engishni uddasidan chiqishdi. Rodrigo De Paul kiritgan gol "Udineze"ga mavsumdagi dastlabki g'alabani taqdim etdi.

Turni yakunlab beruvchi bahs Rimda bo'lib o'tdi. Birinchi turni ajoyib tarzda o'tkazgan "Atalanta" bu safar "Roma" mehmoni bo'ldi. O'yin tezkor gol orqali shiddatli boshlandi. PSJdan "Roma"ga yangi kelgan Xaver Pastori uchrashuvning 2-daqiqasidayoq "Olimpiko"ga to'plangan mahalliy ishqibozlarni xursand etishni uddasidan chiqdi. Startni yaxshi olgan "Roma" goldan so'ng o'yin nazoratini to'liqligicha "Atalanta"ga topshirib qo'ydi. Gasperini qurayotgan, tobora quvnoq jamoaga aylanib borayotgan "Atalanta" "Roma"ni qiyin vaziyatga qo'yib qo'ydi.

Dastlab uchrashuvning 19-daqiqasida Timoti Kastane javob golini urdi. Oradan ko'p o'tmasdan "Zenit"dan yaqindagina "Atalanta"ga qo'shilgan Rigoni mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bu vaziyatda Manolasning qo'pol xatosidan so'ng Pashalich ajoyib harakat qildi va Rigoniga qulay vaziyat taqdim etdi. Tanaffusga qadar esa Rigoni yana bir bor to'purarlik mahoratini ishga soldi va "Atalanta"ni tanaffusga ancha qulay sharoitda olib chiqib ketdi - 1:3.

Ikkinchi bo'limda esa A Seriyada oxirgi paytlarda ko'p uchrayotgan, yutqazayotgan jamoaning iroda namoyish etganini ko'rdik. Di Franchesko birinchi bo'limda markazdagi xatolardan to'g'ri xulosi chiqargan holda maydonga tayanch yarim himoyachi N`Zonzini tushirdi. SHuningdek, hujumdagi harakatlarni tezlashtirish maqsadida Jastin Klyuyvert ham jangga taylandi. Natijada bu o'zgarishlar o'z samarasini bermay qolmadi. "Roma" ikkinchi bo'limda o'rtadagi muvozanatni tiklashga erishdi. Dastlab Florenci Jekoning uzatmasidan so'ng hisobni qisqartirgan bo'lsa, o'yin tugashiga 8 daqiqa qolganida Manolas birinchi bo'limdagi ko'pol xatosini "yuvdi" - 3:3.

SHuni qayd etish kerakki, "Atalanta" mazkur o'yinda jamoa etakchisi Alexandro Gomezning xizmatlaridan foydalana olmadi. Birinchi turda "Atalanta"ga aynan Gomezning dubli va ikkita golli uzatmasi g'alabani taqdim etgandi. SHu tariqa gollarga boy kechgan mazkur qiziqarli bahsda ham g'olib nomi aniqlanmay qoldi.

Ayni paytda A Seriya turnir jadvalida "Yuventus", "Napoli" va SPAL peshqadamlik qilishmoqda. "Atalanta", "Roma", "Sassuolo" va "Udineze" jamoarida hisobida 4 ochkodan mavjud. SHuningdek, birinchi turni o'tkazib yuborgan "Fiorentina" va "Jenoa" ham hozircha yo'qotishlarsiz. Turnir jadvalining pastki qismidan hozircha umuman ochko olmagan "Kevo", "Lacio", "Sampdoriya" va "Milan" jamoalari o'rin olishgan.

To'purarlar poygasida "Atalanta"ning ikki azosi Alexandro Gomez va Rigoni peshqadamlar qatoridan o'rin olishgan. Har ikkala futbolchi hisobida 2tadan gol mavjud. SHuningdek, "Fiorentina" futbolchisi Marko Benassi, "Napoli" yarim himoyachisi Pyotr Zeylinski, "Sassuolo" vakili Domeniko Berardi va "Udineze" futbolchisi Rodrigo de Paul hisobida ham 2tadan gol bor.

Assistentlar ro'yxatida Gomez ("Atalanta"), Allan ("Napoli"), Krishito ("Jenoa") va Kalexon ("Napoli") peshqadamlik qilishmoqda - 2.


A Seriya, 2-tur o'yinlari jadvali


A Seriya turnir jadvali

Italiya chempionatining 2-turida hech bir mehmon jamoa g'alaba nashidasini surolmadi. O'tkazilgan 10 uchrashuvning 4tasida durang qayd etildi. Qolgan oltita bahsda mezbonlar g'alaba qozonishdi.

A Seriyaning 2-turida jami 33 gol kiritildi. SHularning 22tasini mezbonlar, 11tasini mehmon jamoalar kiritishdi.


Keyingi tur 31 avgust kuni boshlanadi. Ilk uchrashuvdayoq yana markaziy to'qnashuv — "Milan" - "Roma"!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика