So’nggi yangiliklar

22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  0 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  0 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  0 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  4 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  4 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  6 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  43

A PRO-Liga. "Xorazm" ikkinchi bo'limda o'tkazib yuborilgan gollar evaziga Farg'onada mag'lub bo'ldi Yangiliklar

A PRO-Liga. "Xorazm" ikkinchi bo'limda o'tkazib yuborilgan gollar evaziga Farg'onada mag'lub bo'ldi

A PRO-Liga 12-turida Qirgulidagi "Neftchi" SK da "Istiqlol" jamoasi "Xorazm"ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi har ikki jamoa vakillarining faol harakatlari bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq hujumga otlangan mezbonlarda birinchi bo'lim davomida raqiblari darvozasini ishg'ol etish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lgan bo'lishsada, ularga gol kiritish nasib qilmadi. O'z navbatida mezbonlarning hujumlariga qarshi hujum bilan javob qaytargan "Xorazm" jamoasi vakillarida ham vaziyatlar yuzaga keldi, biroq birinchi bo'lim davomida gol kiritish ularga ham nasib etmadi. Birinchi bo'lim shu tariqa 0:0 hisobida yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'lim boshidanoq faol o'yin namoyish etgan "Istiqlol" jamoa vakillarining hujumlari xavfli tus ola boshladi. Nihoyat 62-daqiqaga kelib uchrashuvda hisob ochildi. Mezbonlarning 17-raqamli futbolchisi Anvar Hojimirzaev o'zining tezkor harakatlari bilan mehmonlar darvozasiga gol kiritish imkoniyatiga ega bo'ldi va hisobni ochdi. 70-daqiqada mezbonlar hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirishdi. Bu vaziyatda gol muallifi Rustam Abduxamidov bo'ldi. Ikkinchi bo'lim yakuniga qadar darvozalarga boshqa gol kiritilmadi va uchrashuv "Istiqlol" jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

"ISTIQLOL" – "XORAZM" 2:0 (0:0)

Hakamlar:
D. Rahmonov, H. Muzaffarov, X. Bahodirov
Nazoratchi: M. Ismoilov
Komissar: U. Azizov

Gollar: Anvar Hojimirzaev 62 (1:0), Rustam Abduxamidov 70 (2:0)

"Istiqlol": 1.Rustam Nartadjiev, 3.Farrux Ibrohimov, 5.Abduxoliq Qurbonov, 7. Riza Ayvazov, 8.Sardorbek Sotvoldiev, 13. Timur Sultonov, 14.Rustamjon Abduhamidov, 17.Anvarjon Xojimirzaev, 19. Fayzullobek Jumanqo'ziev, 21. Elyor Mamasoliev, 30.Eldor Ergashev
Zaxira: 12. Jasurbek Abdullaev, 4. Jasurbek Ermamatov, 9. Abduqodir Artikov, 10. Elyor Akbarov, 11. Anvar Berdiev, 18.SHoxrux Boyqo'ziev, 20. Ulug'bek Xudoyberdiev, 22. Sardor Telyakov

"Xorazm": 35. G'ayratjon O'daev, 2. Jasur Atajonov, 3. Ravshanbek Sultonov, 4. Timur Bekchanov, 10. Siroj Ro'zmetov, 11. Timur Masharipov, 13. Sarvarbek Jumaniyazov, 14. Mirjalol Qurbonov, 15. Dadaxon Yusupov, 16. Rafiqbek Karimov, 29. Miras Karlibaev
Zaxira: 8. Nematjon Madaminov, 9. Habibulla Matyoqubov, 28. Erbol Seytnazarov

"Istiqlol" matbuot xizmati bilan xamkorlikda tayyorlandi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика