So’nggi yangiliklar

17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  2 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  4 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  4 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  98 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  12 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  4

90-yillar futboli: Kristian Veri va Ronaldo Yangiliklar

90-yillar futboli: Kristian Veri va Ronaldo

Saytimizda kuni kecha yangi "90-yillar futboli" rukni ish boshlagandi.

Ushbu rukn orqali o'tgan asr oxirlarida olingan suratlar berib boriladi. Yaqin o'tmishdagi futbolchilar, jamoalar, murabbiylarning rasmlari orqali tarixni yodga olib turamiz. 

Kechagi sonni o'tkazib yuborganlar uchun havola: "1999 yilgi ECHL finali"

Bugungi sonda Milanning "Inter" klubida birga o'ynagan ikki futbolchi haqida to'xtalamiz.

Italiyalik Kristian Veri va braziliyalik Ronaldo "Inter" klubida 1999-2002 yillar oralig'ida birga o'ynashgan va raqiblarni dodini berishgan.

Kristian Veri 1973 yilning 12 iyulida Italiyaning Bolonya shahrida tug'ilgan. Italiya terma jamoasida 1997-2006 yillar faoliyat olib borib 49ta o'yinda 23ta gol urgan. "Inter"da 1999-2005 yillar oralig'ida o'ynagan va 143ta o'yinda raqiblar darvozasiga 103ta to'p kiritgan. Faoliyati davomida Veri quyidagi futbol klublarida o'ynagan: "Torino", "Piza", "Ravenna", "Veneciya", "Atalanta", "Yuventus", "Atletiko", "Lacio", "Milan", "Monako", "Sampdoriya", "Atalanta", "Fiorentina". Futbolchilik faoliyatini 2009 yilda tugatgan. Professioanl faoliyati davomida 476ta o'yinda maydonga tushib 236ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Yutuqlari: Italiya chempioni, Evropa Superkubogi sohibi, Qitalararo kubogi sohibi, ikki karra Italiya kubogi sohibi, Italiya Superkubogi sohibi, Evropa Kubok Egalari kubogi sohibi. SHaxsiy yutuqlari: 1999 va 2002 yillarda Italiyada yil futbolchisi, 1999 yilda Italiya A seriyasida eng yangi futbolchi, 1998 yilgi Jahon chempionati kumush butsasi sohibi, 2002-2003 yilgi mavsumda Italiya A seriyasi to'purari bo'lgan. 

Braziliyalik Luis Nazario de Lima Ronaldo 1976 yilning 18 sentyabr sanasida Braziliyaning Rio De Janeyro shahrida tug'ilgan. Braziliya terma jamoasida 1994-2011 yillarda faoliyat olib borib 98ta uchrashuvda 62ta gol urgan. "Inter"da 1997-2002 yillarda o'ynagan va 68 o'yinda 49ta to'p kiritgan. Faoliyati davomida "Kruzeyro", "PSV", "Barselona", "Real Madrid", "Milan" va "Korintians" klublarida o'ynagan. Futbolchilik faoliyatini 2011 yilda tugatgan. Butun faoliyati davomida 518ta o'yinda 352ta gol urgan.

Yutuqlari: ikki marta Braziliya kubogi, Gollandiya kubogi, Ispaniya kubogi, Evropa Kubok egalari kubogi, ikki marta Ispaniya Superkubogi, UEFA kubogi, Ispaniya chempioni, Qitalararo kubok sohibi, 1994 va 2002 yillarda Jahon chempioni, 1998 yilgi Jahon vice chempioni, ikki karra Amerika kubogi sohibi, Konfederaciyalar kubogi, 1996 yilgi Olimpiada o'yinlari g'olibi.
SHaxsiy yutuqlari: Uch marta Jahonning eng yaxshi futbolchisi, ikki marta "Oltin to'p" sohibi, Gollandiya chempionati to'purari, Oltin butsa sohibi, Italiya A seriyasida yil futbolchisi, 1998 yilgi JCH "Oltin to'p" sohibi, 2002 yilgi JCH "Oltin butsa"si sohibi, 2002 yilgi JCH "Kumush to'p" sohibi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика