So’nggi yangiliklar

16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  0 16:32U-17 ЖЧ. Италия – Ўзбекистон (матнли трансляция)  17 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  1 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  1 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  20 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  8 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  14 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  6 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  34

9 yil "Yuve" akademiyasida ishlagan, "Jenoa"ni Evropa ligasiga olib chiqqan va 66 yoshda birinchi sovrinni yutgan Jan Pero Gasperini o'zi kim? Yangiliklar

9 yil "Yuve" akademiyasida ishlagan, "Jenoa"ni Evropa ligasiga olib chiqqan va 66 yoshda birinchi sovrinni yutgan Jan Pero Gasperini o'zi kim?

Murabbiy sovrin yutish uchun anchagina qiyinchiliklarni boshdan kechirgan.

"Atalanta" bu mavsum hech kim qila olmagan ishni qildi. Bergamo jamoasi Evropa ligasi finalida mavsum davomida ajoyib o'yinlar ko'rsatgan va umuman yutqazmagan "Bayer"ni mag'lub etdi. Xabi Alonso shogirdlari evrokubok finalida dastlabki mag'lubiyatni qabul qilib olishdi.

Evropa ligasi finali yana bir qator jihat tufayli esda qoldi. Birinchisi: "Atalanta" o'z tarixida ilk bor evrokubokni qo'lga kiritdi, bundan tashqari bu mazkur klub uchun oxirgi 61 yil ichida birinchi sovrin bo'ldi (1963 yilda "Atalanta" Italiya kubogini qo'lga kiritgandi). Ikkinchi esda qolgan jihat: bu 66 yoshli Jan Pero Gasperinining murabbiylik faoliyatidagi BIRINCHI sovrin bo'ldi. 




Futbol muxlislari Gasperinini juda yaxshi bilishadi. Uning eng mashhur uslubi 3-4-3, tezkor qanotlar – va hujumkor futbol. "Atalanta" futbol o'ynashni yaxshi ko'radi va raqibga ham o'ynashga imkon beradi. Bu mavsum Bergamo klubi ishtirokidagi 54 ta o'yinning atigi 8 tasida 2 tadan kam gol urildi.

Ammo "Atalanta" uzoq vaqt davomida hech nima yuta olmay keldi. Jan Pero Gasperini jamoasiga doim nimadir etishmasdi.

"Atalanta" 2019/2020 yilgi mavsumda Italiya A seriyasi chempioni bo'lishga juda yaqin kelgandi, ammo "Yuventus"dan besh ochko ortda qolib, yakunda uchinchi o'rinni egallagandi. Klub uchun marta Italiya kubogi finalida yutqazdi. Bu mavsum "Atalanta" aynan finalda "Yuventus"ga yutqazdi (0:1).

Bu vaziyat "Bayer"ning oldingi yillariga juda o'xshash. Leverkuzen klubi uzoq muddat davomida sovrin yuta olmay kelgandi, nihoyat bu yil Bundesligada chempion bo'lishdi. Finalda esa omad Gasperini jamoasiga kulib boqdi. "Atalanta" "Bayer"ga shunday futbol taklif qildiki, nemis klubi bunga tayyor emasdi. Albatta faoliyatidagi eng yaxshi o'yinni namoyish etgan Ademola Lukmanni alohida ko'rsatish kerak.




Bu sovrin Gasperini uchun faoliyatidagi birinchisi bo'ldi. U sovrin yuta olmagan paytlarda ham murabbiylikni tashlash haqida o'ylamagan. Jan Pero o'z uslubini sayqallashtirib bordi. Aynan Gasperini uch markaziy himoyachi taktikasini rivojlantirgan murabbiylardan biri. U 2003-2004 va 2005-2006 yillarda "Krotone"da shunday uslubda o'ynagan.

Etiborlisi Gasperini futbolchilik faoliyatida A seriyada "Peskara" safida 29 yoshidagina debyut qilgandi. 35 yoshida butsalarini mixga ilgan Jan Pero keyingi yil "Yuventus" akademiyasiga murabbiy bo'lib ishga kiradi. Yosh bolalar bilan ishlash unga shunchalik yoqib qoldiki 9 yil davomida akademiyada faoliyat olib bordi. 2003 yildagina "Gasp" kattalar futboliga ko'chib o'tishga qaror qildi va S1 Seriyada ishtirok etuvchi "Krotone" klubini birinchi yilning o'zida B Seriyaga olib chiqdi.

"Krotone"dan so'ng Gasperini "Jenoa"ga taklif qilishgan. Ushbu klub bilan murabbiy bir yilning o'zida B Seriyadan A Seriyaga chiqdi. Elitaga qaytgan ilk mavsumda esa "Jenoa" Gasperini boshchiligida 10-o'rinni oldi.



Genuya shahri jamoasi shunchaki o'rtamiyona bo'lmadi, evrokubok uchun davogarlardan biriga aylandi. A Seriyadagi ikkinchi mavsumda "Jenoa" 5-o'rinni egalladi va Evropa ligasiga yo'llanma oldi. Gasperini qo'l ostida Domeniko Krishito, Marko Borrello, Salvatore Bokketti, Sokratis Papastatopulos va mashhur futbolchilar o'zlarini ko'rsatishgandi.

"Jenoa"dagi ajoyib mavsumlardan keyin "Inter"dagi omadsizlik qarshi oldi. "Neradzurrilar" bosh murabbiyi sifatida Gasperini 5 ta o'yindan 4 tasida yutqazdi atigi 3 oy ishladi. "Inter"dan ketgach, Gasperini bir yildan ortiq vaqt davomida hech qaerda ishlamadi. "Palermo"dagi faoliyati ham omadli chiqmadi.

Omadsiz natijalar tufayli uning murabbiylik faoliyati asta sekin yakunlanib borayotgandek tuyuldi, ammo yordamga yana o'sha "Jenoa" keldi. Jan Pero 3 yildan so'ng qadrdon klubiga qaytdi va A Seriyada olib qolish bilan birga genuyaliklarni evrokuboklarga olib chiqdi. SHundan keyin 2016 yilda murabbiy "Atalanta"ga ko'chib o'tdi hamda 2010-yillar oxiri va 2020-yillar boshidagi Italiyaning eng kuchli jamoalaridan birini tuza oldi.

Jan Pero Gasperinining faoliyati – agar o'z ustingda ishlashda davom etsang omad ertami-kech baribir senga kulib boqishining asl namunasi hisoblanadi. 66 yoshda faoliyatingdagi birinchi sovrinni yutish, bu xuddi uzoq vaqt qurg'oqchilikdan so'ng suv to'la quduqqa etishdek gap.



Nikolay Egorichev tayyorladi

Narzulla Saydullaev tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика