So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  0 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  10 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  18 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

6 yoshda vatanni tark etish, policiya mashinasidagi sayr hamda matonatli onaning o'limi haqidagi qayg'uli hikoya – "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan tanishamiz Yangiliklar

6 yoshda vatanni tark etish, policiya mashinasidagi sayr hamda matonatli onaning o'limi haqidagi qayg'uli hikoya – "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan tanishamiz

Bir necha kun muqaddam "sherlar" polshalik 32 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzoladi.

Pyotr Parjishek Polshada dunyoga kelishidan biroz oldin uning ota-onasi ajrashib ketishadi. Ushbu "kutilmagan holat"dan so'ng, uning otasi homilador ayolni qatiy tanlov oldida qoldiradi: "YO bola, yo men". Ona bir soniya ham ikkilanmasdan bolani tanlaydi.

Oradan olti yil o'tgach, ona kichkina Pyotrni etaklab, o'g'li uchun yaxshi hayot va g'am-tashvishsiz kelajak ilinjida Niderlandiyaga yo'l oladi.

Onam menga yaxshiroq sharoit yaratish ilinjida Polshadan ketishga qaror qildi. U Polshada tinimsiz ishlar, hamshira bo'lib tungi navbatchiliklarga chiqar va oyiga bor-yo'g'i ming zlotiy (taxminan 300 AQSH dollari) maosh olardi. Shu bilan birga, gandbol o'ynardi. Mashinasi yo'qligi sababli ertalab soat 5 da uyg'onib, bekatgacha uch kilometr piyoda yo'l bosar, ishga avtobusda qatnardi. Ishdan so'ng mashg'ulotga borib, uyga juda kech qaytardi. Aslida u meni deyarli ko'rmas, menga asosan bobom va buvim g'amxo'rlik qilardi.

Ular Arnem shahrida qo'nim topishdi. Yolg'iz ona tezda Zevenardagi kasalxonaga hamshira bo'lib ishga joylashadi. Pyotr esa havaskorlarning "Eldeniya" va "Esa" klublarida futbol o'ynay boshladi. Keyinroq unga "Vitess" akademiyasida o'zini sinab ko'rish imkoni beriladi va oxir-oqibat u "De Grafsxap"ning yoshlar jamoasidan joy oldi.

Odatda kunim qanday o'tgani haqida SMS yozib yuborardim. Ko'pincha uyga soat nechada qaytishimni ham xabar qilardim. Onam esa doim javob yozardi. Toki 2009 yilning aprelidagi o'sha kunga qadar. 

O'n besh yoshda edim. Arnemda do'stlarim bilan Qirolicha kunini nishonlagandik. Onamga yo'lga chiqqanimni xabar qildim. Lekin undan hech qanday javob kelmagani meni xavotirga sola boshladi. Buning ustiga, o'shandan oldingi oylarda ham u tez-tez bosh og'rig'idan shikoyat qilardi.

Uning xavotirlari o'rinsiz emasligi malum bo'ladi. O'gay otasi qo'ng'iroq qilib, onasi kasalxonaga olib ketilganini aytadi. Shifokorlarning so'zlariga ko'ra, bu bezovtaliklarni fizioterapiya yoki akupunktura yordamida bartaraf etish mumkin edi. Ammo og'riq tobora kuchayib borgach, ish kunlarining birida hamkasblari uni zudlik bilan MRT (magnit-rezonans tomografiya) tekshiruvidan o'tishni talab qilishga majburlashadi. Pyotr keyinroq onasini kasalxonada ko'radi.

Uning oldiga kirganimda, u faqat oyoqlarini qimirlata olardi, xolos. Qattiq qo'rqib ketdim.

Tekshiruv natijalari malum bo'lgach, "De Grafsxap"ning yosh hujumchisi ko'z yoshlarini tiya olmaydi. Malum bo'lishicha, Hanya Parjishekning miyasida o'sma va suyuqlikka to'la kista topilgan edi. Bu kista yorilib ketish arafasida bo'lgan.

Bizga shuni aytishdiki, agar u kasalxonaga bir soat kechroq kelganida, oramizda bo'lmasdi.

Uning onasini og'ir jarrohlik amaliyoti kutib turardi.

Juda og'ir vaziyat edi. O'gay otam operaciyadan oldin onamning tirik qolmaslik ehtimoli besh foiz atrofida ekanini aytdi. Otamning fikricha, men buni bilib qo'yishim kerak edi.

Bir necha kun o'tgach, Pyotr "De Grafsxap" jamoasi bilan Maarssendagi xalqaro o'smirlar turniriga yo'l olayotgan vaqtda quvonchli qo'ng'iroq bo'ladi. O'gay otasi hammasi yaxshi o'tganini xabar qiladi.

Men hech qachon bunchalik qo'rqmagan edim. O'sha lahzadayoq bu turnir men uchun atalganini tushundim. Haqiqatan ham shunday bo'ladi. Maydonda xuddi parvoz qilardim va hamma narsa o'xshardi. Yoshligimda bunchalik yaxshi o'ynaganimni boshqa eslay olmayman.

O'gay otam va tog'am mashg'ulotimga kelib, operaciya muvaffaqiyatli o'tganini aytgan lahzani hech qachon unutmayman. Bunday darajadagi quvonchni faqatgina qizim Zofiyani birinchi marta ko'rganimda va u darhol jajji qo'lchalari bilan boshimdan quchoqlab olganida his qilganman.

Operaciyadan so'ng onam nurlanish muolajalarini oldi va besh yil davomida hayotimiz o'z iziga tushdi. Lekin keyin kasallik yana qaytaladi. Rojdestvo bayramida biz doim Polshaga qaytar edik. Men bu vaqtni juda yaxshi ko'rardim: bayram qo'shiqlari, pazandalik, oilaviy ziyofatlar. 2016 yilning dekabrida kelganimizda, rafiqamga: "Ichimdan bir narsa sezyapti, bu Polshadagi so'nggi shunday bayramimiz", dedim. Men haq ekanman. Shundan so'ng hammasi ostin-ustun bo'lib ketdi.

2017 yilning kuzida bobom vafot etdi, bayramda Niderlandiyada qolishga majbur bo'ldim, onam ham biz bilan qoldi. Rojdestvo arafasidan uch kun o'tib, unda ilk bor epilepsiya xuruji yuz berdi. Ikki haftadan so'ng ultratovush tekshiruvi qilishdi va unga ko'pi bilan uch oy umri qolganini aytishdi.

Oxiriga kelib ahvol juda og'irlashdi. U to'shakda yotar, qayt qilar, lekin atrofda nimalar bo'layotganini to'liq anglab turardi. Bir kuni kechqurun o'gay otam qo'ng'iroq qilib, zudlik bilan etib kelishimizni, onam o'layotganini aytayotganini bildirdi. O'shanda men u bilan so'nggi bor suhbatlashdim. Uning bu azoblardan charchaganini ko'rib turganimni aytdim. "Hayot seni ayamadi, so'nggi 10 yil seni ado qildi. Buvi bo'lish baxtini his qilishga ulgurganingdan xursandman", — taxminan shunday so'zlarni aytdim.

5 mart, soat 23:23. Uxlashdan oldin duo qildim: "Xudoyim, agar jannatda onam uchun joy bo'lsa, iltimos, uni o'z huzuringga ol, chunki u bunday azob chekishga, bunday yakunga munosib emas". Besh daqiqadan so'ng o'gay otam qo'ng'iroq qilib, onam vafot etganini aytdi.

Uni shu ahvolda ko'rishdan juda qo'rqqandim. Ammo oldiga kirganimda, yuzida tabassum qotgan edi. Qalbimda kuchli og'riqni, lekin shu bilan birga, shuncha azoblardan keyin u nihoyat orom topganidan engillikni his qildim.

Dafn marosimi paytida cherkovda bir surat osig'liq turardi, unda qora-ko'k rangli kapalak tasvirlangandi. Bu juda g'ayrioddiy tasodif edi. Chunki onamning ahvoli juda og'irlashib qolgan kezlarda, uni so'nggi bor hayvonot bog'iga olib borgan edik. Yangi ochilgan kapalaklar pavilonidan aynan o'sha ko'k-qora rangli hasharot uchib kelib, onamning to'rt joyiga qo'nib, xoch shaklini hosil qilgandi. Bu biz uchun juda o'ziga xos, ilohiy bir belgidek tuyulgan. To shu kungacha, qizim Zofiya kapalakni ko'rib qolsa, "buvijon" deb chaqiradi.

Pajishek o'smirlik davrida Angliyaning "Aston Villa" klubi etiboriga tushgan va ko'rikda bo'lgan. Inglizlarga uning harakatlari maqul kelgan, ammo futbolchining o'sha paytdagi klubi transferga to'sqinlik qilgan.

16 yoshimdayoq U-19 jamoasida to'p tepardim. Bunday yoshda bu holat odatiy hol emasdi. Dastlab menga "Blekbern Rovers" qiziqish bildirib, ko'rikka taklif qildi. Afsuski, klubim bunga rozi bo'lmadi, chunki menda chempionat o'yinlari bor edi. Shundan so'ng "Blekbern"dan boshqa taklif eshitmadim.

Keyin esa "Aston Villa"ga bir haftalik ko'rikka bordim. Angliyada "Derbi Kaunti U-17"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdim. Unda biz 2:1 hisobida g'alaba qozondik va gollardan birini men kiritdim. Bundan tashqari, asosiy jamoaning "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinida ham stadionda bo'ldim. Bilishimcha, "Villa Park" mutasaddilari meni Niderlandiyada yana ikki marta kuzatishgan va transfer huquqimni sotib olishga qaror qilishgan.

Afsuski, "De Grafsxap" 16 yoshli futbolchi uchun 270 000 evro narx belgiladi va shu bilan masala jimib ketdi. Transfer amalga oshmagach, u o'z klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.Mahalliy muxlislar uni hamon iliqlik bilan eslashadi: u 2012–2014 va 2016–2017 yillarda jamoaning asosiy gol mashinasiga aylangan. Xususan, 2016/17 yilgi mavsumda 38 o'yinda 25 ta gol urishi uning jarima maydonchasi ichidagi sovuqqonligidan dalolat beradi.

Faoliyatimda shunday mavsum bo'lganki, 25 ta gol urganman, lekin jamoam 13-o'rinni egallagan. To'purarlar ro'yxatida ikkinchi bo'lganman, ammo jamoa sifatida hatto yuqori ligaga chiqish uchun ham kurashmaganmiz. Gollarning o'zi hamisha jamoaviy muvaffaqiyatni anglatmasligini ko'rsatadi.

Uning faoliyatini chinakam "futbol sayohati" deyish mumkin. Niderlandiyadagi yorqin o'yinlaridan so'ng, u Angliyaning "Charlton" jamoasiga o'tib, Chempionship havosidan nafas oldi. Garchi tumanli albionda ishlari kutilganidek yurishmagan bo'lsa-da, bu unga katta jismoniy chiniqish maktabini berdi.

Keyinchalik Belgiya ("Sent-Tryuyden"), Daniya ("Ranners"), Italiya ("Frozinone") va Ispaniya ("Leganes") klublarida to'p surib, turli xil taktik sxemalarga moslashish ko'nikmasini shakllantirdi.

Futbolda hayot shunday: bir kun seni qahramon qiladi, boshqa kuni tanqid ostida qolasan. Bir o'yin hammasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Shuning uchun ruhan kuchli bo'lish juda muhim.

Pyotr Parjishekning oxirgi jamoasi Finlyandiyaning "KuPS" klubi edi.

Belgiyadagi shartnomam nihoyasiga etayotganida, Finlyandiya chempionatida paydo bo'laman deb xayolimga ham keltirmagandim. Oilamiz bilan Osiyoga jo'nab ketishni xohlagandik. Rejaga ko'ra, u erda hatto bir necha yil o'ynamoqchi edim. Evropadan farqli muhit, dunyoning boshqa bir chetini ko'rish va shu bahonada futbol o'ynashni davom ettirish mumkin edi. 

Yozda Osiyo klublari bilan muzokaralar olib bordik. Bazi takliflar aniqroq edi, boshqalari esa unchalik emas. Ko'plab agentlar aloqaga chiqishdi. "Uch kun ichida etib kelishing kerak, chunki shanba kuni o'yin bor" qabilidagi holatlar ham bo'ldi yoki so'nggi lahzada murabbiy fikrini o'zgartirib qolardi. Quruq gap-so'zlar ko'p bo'ldi, ammo meni yuz foiz ishontira oladigan hech qanday taklif tushmadi.

Vaqt o'tib borardi va iyul oyining oxiriga kelib, agentim to'satdan KuPS klubidan taklif jo'natdi. Menda bu jamoa haqida hech qanday tasavvur yo'q edi. Birinchi navbatda shaharni tekshirib ko'rdim. Xalqaro maktab yo'q ekan. Boshlanishiga bu unchalik yaxshi xabar emasdi. Keyin klub haqidagi malumotlarni batafsilroq o'rgana boshladim: ular o'tgan yili chempionlikni qo'lga kiritishgan, hozir ham titul uchun kurashmoqda, mamlakat kubogining yarim finaliga chiqishgan va Evrokuboklarda biror bir turnirning liga bosqichiga chiqish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega edilar.

Dastlabki taklif meni qanoatlantirmadi, jumladan, moliyaviy tomondan ham. Rad javobini berdim. Bu munosabat KuPSning Chempionlar Ligasi saralashi doirasida Olmaotaning "Qayrat" jamoasiga qarshi o'z maydonidagi o'yinidan uch kun oldin ro'y bergandi, ungacha ular Moldovaning "Milsami" klubini musobaqadan chiqarib yuborishga ulgurishgandi. Ular "Qayrat"ni 2:0 hisobida mag'lub etishdi. O'zimcha o'yladim: "Jin ursin, agar ular safarda shu ustunlikni saqlab qola olishsa, qaysidir evrokubokning guruh bosqichi ular uchun naqd bo'ladi". KuPS yana qo'ng'iroq qildi va ularga aynan mendek hujumchi juda zarurligini uqtirishdi. Agentimga aytdimki, agar ular qozoqlar to'sig'idan o'tsa, kelishamiz va shartnoma imzolaymiz.

Ularning jiddiy qiziqayotgani ko'rinib turardi va ular buni menga his qildira olishdi. Ammo biz narsalarimizni yig'ishtirish uchun rafiqam bilan Belgiyaga qaytayotganimizda, ular Qozog'istonda 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. Chempionlar Ligasi haqidagi orzular chilparchin bo'ldi.

Agentim bilan bu masala yopildi, deb hisobladik. Biroq ikki kundan so'ng ular yana aloqaga chiqishdi. Ular hoziroq jamoaga qo'shilishimni va Konferenciyalar Ligasiga chiqishga yordam berishimni so'rab turib olishdi. Shuningdek, ular minglab iltifotlar bilan chempionlik uchun kurashda ham jamoaga katta foydam tegishini takidlashdi.

Kelishuvga erishish yo'li hali uzoq edi. Shartnomaning dastlabki muddati – bor-yo'g'i to'rt oy ekani menga to'g'ri kelmadi. Bunday qisqa muddatga hatto Niderlandiyada oilam uchun ijaraga uy topishda ham muammoga duch kelardim. Finlar o'z qarorini o'zgartirib, menga maqul keladigan tegishli bandlari bor uzoqroq muddatli shartnoma taklif qilishdi. Shu tufayli, rasman ko'p masalalarni hal qilish ancha osonlashadi.

Endi moliyaviy tomondan kelishib olish qolgandi. Ularning taklifi men uchun juda past edi, shuning uchun o'z shartlarimni ilgari surdim. "KuPS" direktori klub xo'jayini bilan maslahatlashdi va u "yo'q" deb javob berdi. Mayli, rahmat, xayr.

3 avgust, yakshanba tongi. Oilam bilan hali uxlab yotgandik... to'satdan mening agentim xodimlaridan birini taniydigan qaynonam qo'ng'iroq qilib qoldi. U meni tezda uyg'otish kerakligini va zudlik bilan aeroportga borishim shartligini aytdi. Malum bo'lishicha, klub xo'jayini fikrini o'zgartirgan va faqatgina zudlik bilan etib borishim hamda Evropa Ligasi saralashi doirasida Latviyaning "RFS" jamoasiga qarshi ilk o'yindayoq maydonga tushishim sharti bilan barcha talablarimga rozi bo'lgan ekan.

Dushanba kuni avvaliga Amsterdamdan Kuopioga uchishim kerak edi, lekin keyin rejalar o'zgardi. To'ppa-to'g'ri Latviyaga parvoz qildim. U erda tibbiy ko'rikdan o'tib, shartnoma imzoladim. Seshanba kuni jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdim, chorshanba kuni esa debyut qildim. Maydonda 25 daqiqa harakat qildim va biz 2:1 hisobida g'alaba qozondik.

Pajishekning faoliyatidagi eng muhim jihatlardan biri — u g'alaba qozonishni biladi.

Polshadagi mo'jiza (2018/19): Vataniga qaytib, "Pyast Glivice" safida Polsha Ekstraklasasida g'olib chiqdi. Bu klub tarixidagi eng katta sensaciyalardan biri edi va Pyotr asosiy to'purar sifatida bunda ulkan rol o'ynadi.

Finlyandiyadagi so'nggi bekat (2025): "Paxtakor"ga o'tishdan oldin u "KuPS" jamoasi bilan Finlyandiya chempioni unvonini qo'lga kiritdi va Konferenciyalar Ligasida muvaffaqiyatli harakat qildi. Hujumchi sobiq jamoasi safidagi so'nggi golini UEFA Konferenciyalar Ligasining guruh bosqichining oxirgi turida safarda "Kristal Pelas"ga urdi.

2026 yil 17 fevralda u "Paxtakor" klubi futbolchisiga aylandi.

Pyotr kichikligidan Niderlandiyada yashab, shu erning futboli tizimida tarbiyalangan bo'lishiga qaramay, unga Polsha yoshlar terma jamoasidan taklif tushganida hech qanday ikkilanishsiz o'z vatanini tanlagan.

Men Niderlandiyada voyaga etdim va bu erdagi hayotga o'rganganman. Lekin mening oilam — polyak, tomirimda polyak qoni oqadi. Polsha o'smirlar terma jamoasi libosini kiyganimda qandaydir o'zgacha, faxrli hissiyotni boshdan kechirdim. Orzuim — kelajakda Polshaning asosiy terma jamoasi libosida maydonga tushish.

Pyotr Pajishek Polshaning asosiy terma jamoasida maydonga tushmagan bo'lsa-da, o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi xalqaro musobaqalarda mamlakat sharafini himoya qilgan. U Polshaning U-17 dan to U-21 gacha bo'lgan barcha yosh toifalaridagi terma jamoalarida to'p tepishga muvaffaq bo'lgan.

Umumiy hisobda Pajishek Polsha yoshlar terma jamoalari libosida 12 ta rasmiy o'yinda maydonga tushgan.

Analitik nuqtai nazardan qaraganda, Pajishek klassik "Targetmen" vazifasini bajaradi: bo'yi 191 sm. Bu jihat Superligadagi markaziy himoyachilar uchun havodagi kurashlarda jiddiy bosh og'rig'i bo'ladi. U to'pni o'zida saqlab turish, sheriklariga bo'sh hudud yaratish va jarima maydonchasi ichida poziciya tanlash borasida mahoratli. Ikkala oyog'ida ham aniq zarba bera olish xususiyati bor, biroq bosh bilan o'ynashi – uning eng asosiy qurollaridan biri.

Futbol olamida uchta kumirim bor. Men ham Fernando Torres, Klas Yan Xuntelar yoki Robin van Persi kabi ulkan yutuqlarga erishishni istardim.


Reyting: +4   

Fikrlar

   
21 fev 07:37:32
Бахтиёр Ашуров
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
2+1 shartnomasi uka
Иди на хуй неандерталь!
   
20 fev 21:38:44
Akbar Umarov
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Бу эркин агентни шартномасиям, декабр ойигача бўлса керак!
2+1 shartnomasi uka
   
20 fev 21:38:06
Akbar Umarov
Барселона. Арсенал. Пахтакор. foydalanuvchining fikriga javob berish
Пахтакорда пасни яхши бера оладиган уйинчилар куп. Хатто сунги химоячи Хамралиев хам буни яхши уддалайди. Факат голлар уриб турсанг булди
100% haqsan ukam yashavore bo'larkanku qoil.
   
20 fev 21:37:08
Akbar Umarov
Tan olish kerak Paxtakor PFC umuman boshqa high class darajadagi O'zbekistondagi ayni paytdagi yagona klubdir.
Xattoki Al Hilolnixam Toshkentdagi o'yinda hamma tomonlama umuman tentak qilib taylagan edida qoil
   
20 fev 20:47:34
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
Пахтакорда пасни яхши бера оладиган уйинчилар куп. Хатто сунги химоячи Хамралиев хам буни яхши уддалайди. Факат голлар уриб турсанг булди
   
20 fev 19:09:51
Jons
Chiqarib bersa uradigan futbolchi ekan, yarim himoyachilaga ham bog'liq ekanda. Omad, Bonashak, Derdiyuk laga o'xshamasa bo'ldi.
   
20 fev 18:43:03
Бахтиёр Ашуров
Бу эркин агентни шартномасиям, декабр ойигача бўлса керак!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика