So’nggi yangiliklar

00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Дарвозабоннинг ПСЖ билан шартномаси 2026 йилда тугайди, футболчи КЖЧ битимни узайтириш борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  1 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  3 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  18 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2

57 yoshida "Neftchi"ga qarshi o'ynagan, Yuriy Sarkisyanga qizil kartochka ko'rsatgan qo'qonlik futbol faxriysi bilan intervyu Yangiliklar

57 yoshida "Neftchi"ga qarshi o'ynagan, Yuriy Sarkisyanga qizil kartochka ko'rsatgan qo'qonlik futbol faxriysi bilan intervyu

Farg'onaga borsangiz, Uchko'prik tumanida Olimjon Yuldashev bosh murabbiyligida "Zafar" futbol klubi bor. Kamtarona bu klub bugunga qadar o'zbek futboliga ko'plab iqtidorlarni etkazib bergan deb aytsak mubolag'a bo'lmasa kerak.

 Ayni damda "Qo'qon-1912" klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ham "Zafar" klubida Farg'ona viloyati chempionligini tantana qilgan desak, bunisiga nima deysiz? Ha, yuqorida kamtarona deya tarif berganimiz "Zafar" klubining ham o'ziga yarasha tarixi bor. Bugun sizlarga ushbu klubda dastlabki faoliyatini jamoa sardori sifatida boshlagan va ayni vaqtda bosh murabbiy lavozimida ishlab kelayotgan taniqli futbol faxriysi, sobiq futbolchi va hakam Olimjon Yuldashev bilan tashkil etilgan intervyuni to'liq hajmda taqdim etmoqchimiz.

- Assalomu alaykum ! Olimjon aka, "Zafar" klubida ishlar qanday ketayapti?

- Va alaykum assalom. Etibor uchun tashakkur. "Zafar" klubimiz ayni damda futbol bo'yicha Farg'ona viloyati birinchiligi 2-liga musobaqalarida ishtirok etmoqda. Karantindan so'ng dastlab natijalarimiz ko'ngildagidek emas edi. Sekin-asta kuchayib borayapmiz, so'ngi tur uchrashuvlarida ketma-ket g'alaba qozondik. 

- Aytingchi, Olimjon Yuldashevning futbolga kirib kelishi qanday bo'lgan?

- Bolaligimda, adashmasam 9-sinfda o'qirdim, Uchko'prik tumani markazida kechki vaqtlarda mahalliy jamoalar o'rtasida futbol uchrashuvlari tashkil etilardi. Futbolga bo'lgan qiziqishim tufayli shunday jamoalarda o'zimni sinab ko'rardim. SHunday kunlarning birida tarkibida ko'proq rus yigitlar bo'lgan bir jamoa meni yosh o'yinchi sifatida o'z tarkibiga qo'shib oldi. SHu jamoa safida ko'plab futbol musobaqalarida ishtirok etdim. Futbolga kirib kelishim shu tariqa havaskor jamoa safida yuz bergan.

SHuningdek, sobiq SSSR davrida Ukraina davlatida xizmat qilganman. O'sha erda, aniqrog'i Rigada Pribaltika okrugi futbol jamoasi safida ham bir qator o'yinlarda maydonga tushganman. Bu voqea 1982-1984 yillarga to'g'ri keladi.

Keyinchalik yurtimizga qaytgach, "Oltin boshoq", "Paxtakor" kabi musobaqalarda ishtirok etdim, sovrindorlar qatorida bo'ldim.

- Hozirda siz bosh murabbiylik qilayotgan "Zafar" jamoasi qachon tashkil etilgan?

- Uchko'prik tumanining "Zafar" jamoasi 1994-yilda tashkil etilgan. Biz o'sha mavsumning o'zidayoq Farg'ona viloyati birinchiligida g'olib chiqqanmiz. O'shanda men jamoa sardori edim, ayni damda "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi, sobiq futbolchi Baxtiyor Ashurmatov jamoamizning eng yosh futbolchisi hisoblanardi. Angrenda bo'lib o'tgan o'tish turnirida "Oltinko'l" jamoasiga mag'lub bo'lgandik.

- Sizni sobiq hakam sifatida ham bilamiz. Bu qanday yuz bergan?

- Jarohatlar tufayli futboldan ketishimga to'g'ri kelgan. O'sha paytda Farg'ona futbol federaciyadan menga hakamlik ishi bo'yicha taklif kiritishgan. Hakamlik faoliyatim ham yomon chiqmagan, bir qator xalqaro uchrashuvlarda ham ishlaganman. Aniq eslaydigan bo'lsam, "Hokim kubogi" musobaqasida "Qizil-qiya" va “Neftchi" uchrashuvida, Tojikiston terma jamoasi va Qo'qonning "Temiryo'lchi" jamoalari o'rtasidagi o'yinda ishlaganman. Bundan tashqari taniqli futbol faxriylari Axbor Imomxo'jaev, Gali Imomovlar bilan birgalikda futbol uchrashuvlarida ishlaganmiz.

- Hakamlik faoliyatingizda yodda qolgan voqeliklar yuz berganmi?

- Albatta, ish faoliyatingizda juda ko'plab voqealar yuz beradi. Masalan, bir necha yillar Farg'onaning "Neftchi" jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan Yuriy Vazgenovich Sarkisyanga qizil kartochka ko'rsatgan o'yinim kechagidek yodimda turibdi. 1995-1996 yilgi mavsumda "Hokim” kubogi musobaqasida Qo'qon shahrining "Temiryo'lchi" va Farg'onaning "Neftchi" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvning so'ngi daqiqalarida Yuriy Vazgenovichga qizil kartochka ko'rsatgandim. Bilasizmi, keyinchalik bilsam Yuriy Sarkisyanga shu o'yinga qadar murabbiylik faoliyatida qizil kartochka ko'rsatilmagan ekan. U futboldan tashqarida juda bosiq inson edi. O'yindan so'ng hakamlar kiyim almashtirish xonasiga kelib, mendan sekundomerni so'ragan. O'shanda sekundomerda vaqt 90:22 ni ko'rsatib turgandi. Yuriy Vazgenovich buni ko'rgan va etiroz bildirmasdan chiqib ketgan. Vaziyatga tushuntirish beradigan bo'lsam, o'yin roppa-rosa 90 daqiqada tugashi kerak edi. Bosh murabbiyning chetlatilishi uchun ketgan vaqt uchun 22 soniya qo'shib berganman va hammasi to'g'ri bo'lgan.

- "Zafar" jamoasiga yana qachon qaytdingiz?

- 1997-yilda hakamlik faoliyatimdan uzilmagan xolda "Zafar" jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganman. Orada jamoada bir qator taniqli murabbiylar ishlab ketishdi.

- Jamoa safida etishib chiqqan futbolchilar haqida eshitganmiz. Masalan klub tarbiyalanuvchisi Ravshan Haydarov O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Osiyo chempionatida o'ynagan...

- To'g'ri, Ravshan Haydarov jamoamiz tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2010-yilgi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Osiyo chempionatida ishtirok etib kumush medali sovrindori bo'lgan. Keyinchalik yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida 8-o'rinni egallashgan. Hukumatimiz tomonidan Spark avtomobili bilan taqdirlangan. 

Bundan tashqari, jamoamiz safida o'ynab keyinchalik yuqori ligalarga ko'chib o'tgan Oybek Rustamov, Avazxon Mamatxo'jaev, Iqbol Malikjonov, Dostonbek Meliqo'zievlarni aytib o'tishim mumkin. Yana ayni damda "Bunyodkor", "Qo'qon-1912" o'rinbosarlari safida harakat qilayotgan jamoamiz tarbiyalanuvchilari bor. Iqtidorli yosh futbolchi Egamberdi Alijonov qo'qonliklar safida darvozabon ampulasida o'ynamoqda.

- Olimjon aka, farzandlaringiz ham futbolga qiziqishadimi?

- Ha, o'g'lim Valiev Muhsinjon 1992-yilda tug'ilgan. Yuriy Vazgenovich Sarkisyan qo'l ostida "Neftchi" o'rinbosarlari safida 3 yil o'ynadi. Keyinchalik jarohatlar sabab bir oz muddat futboldan tashqarida qoldi. SHuningdek,  Marg'ilonning "Atlaschi" klubi safida ham ancha muddat o'ynagan. Bilasizmi, Yuriy Vazgenovich o'g'limni "Neftchi"ga chaqirganida meni farzandim ekanligini bilmagan.(kuladi). Hozirgi kunda o'g'lim bolalar va o'smirlar sport maktabida murabbiylik qilmoqda.

- Sizni "Qo'qon-1912" futzal jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham ko'rgandik...

Ha, to'g'ri 2018-yilda Qo'qonda "Qo'qon-1912" klubining futzal jamoasini tashkil etdik. Klub nomidan Superligada qatnashganmiz. Garchi o'sha mavsumda 11-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsak ham, o'ylaymanki yomon ishtirok etmaganmiz. O'sha paytdagi shogirdlarimdan biri Diyor Karimov hamon futzal bo'yicha Superliga bahslarida gollar kiritib kelmoqda.

- 2020 yilgi "Hokim kubogi" musobaqasida "Zafar" jamoasi safida "Neftchi"ga qarshi o'zingiz ham maydonga tushdingiz. Aytingchi, bu siz uchun orzu edimi?

- Bilasizmi, yoshligimda sobiq SSSR chempionatida, aniqrog'i ikkinchi ligada "Neftyanik"ga qarshi 56 yoshli futbolchi farzandi bilan birgalikda futbol o'ynagani haqida o'qigandim, bu rekord deb etirof etilgandi. Men 57 yoshimda "Neftchi"ga qarshi maydonga tushdim va rekordni yangilab qo'ydim (kuladi). "Hokim kubogi"da "Neftchi"ning eng yirik g'alabasi 13:0 bo'lgan ekan, biz ham shu hisobda yutqazib bu boradagi rekordni ham yangilashga muvaffaq bo'ldik.

- Olimjon aka, navbatdagi rejalar qanday?

- Mendagi maqsad hamisha o'zgarmaydi, o'zbek futboliga, xususan terma jamoalarimizga yosh iqtidorli futbolchilarni etkazib berishda davom etamiz. "Zafar" jamoasini qo'llab-quvvatlab kelayotgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика