5 tagina o'yinda maydonga tushgan Yangi Zelandiya JCH-2026ga chiqdi!
24 mar 13:06
Yangiliklar


5 tagina o'yinda maydonga tushgan Yangi Zelandiya JCH-2026ga chiqdi!
Bugun 2026 yilgi Jahon chempionatiga saralash orqali yo'llanma olgan ikkinchi terma jamoa nomi malum bo'ldi.
OKEANIYA mintaqasi final uchrashuvida Yangi Kaledoniya va Yangi Zelandiya o'zaro to'qnash keldi. Uchrashuvda Yangi Zelandiya 3:0 hisobida zafar quchdi va o'z tarixida uchinchi marta mundialga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Etiborlisi, Okeaniya mintaqasida terma jamoalar kamligi bois Yangi Zelandiya saralashda jami 5 ta o'yin o'tkazdi. Guruhda 3 ta, yarim final va finalda 1 tadan. Kris Vud boshchiligidagi jamoa 5 ta o'yinning barchasida g'alaba qozonishdi va raqiblar darvozasiga 29 ta gol urib, 1 tagina to'p o'tkazib yuborishdi. Ayni paytda bu jamoani angliyalik 52 yoshli murabbiy Darren Bizli boshqarib bormoqda.
Malumot uchun, Yangi Zelandiya 1982 va 2010 yilgi Jahon chempionatlarda ishtirok etgan.
Bugun mag'lub bo'lgan Yangi Kaledoniyada ham yo'llanma uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Bu terma jamoa endi 2026 yilgi qitalararo pley-off bosqichida ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar