So’nggi yangiliklar

17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  0 17:06Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Аргентинага қарши иккинчи ўйин учун асосий таркиби маълум  0 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  0 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  0 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  2 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  1 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  4 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  7 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  7 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3

41 yoshli Xoakin shedevr gol urdi. U endi evrokuboklar tarixidagi eng yoshi katta to'purar Yangiliklar

41 yoshli Xoakin shedevr gol urdi. U endi evrokuboklar tarixidagi eng yoshi katta to'purar

Afsona.


"Betis" Evropa ligasi ikkinchi turida dadil "Ludogorec"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi — va bizga eng iliq va payshanbi kungi evrokubokning tarixiy jihatdan eng qimmatli syujetini taqdim etdi.


39-daqiqa ispan jamoasi to'pni raqib jarima maydonchasi oldiga olib keldi, keyinchalik esa Evropa futbolidagi asosiy faxriylardan birining tajribasiga tayandi. Atigi bir lahza — va "Ludogorec" ispanning uzoqdan urgan ajoyib zarbasidan so'ng to'pni darvoza to'ridan olib chiqayotgan edi.


Aqlbovarqilmas traektoriya.




Xoakinning har bir goli — bir voqea: u so'nggi bor "Betis" safida o'tgan yilning dekabrida Ispaniya Kubogi doirasida "Talavera" darvozasini ishg'ol qilgan edi.


Endilikda "Betis" afsonasi tarixni "portlatdi" — u evrokuboklarda gol urgan eng "keksa" futbolchiga aylandi. Umuman har qaysida — zamonaviy Evropa ligasi va UEFA Kubogi, zamonaviy CHempionlar Ligasi va Evropa chempionlari kubogida.


Endilikda evrokuboklarda gol urgan eng yoshi katta o'yinchilar beshligi bunday ko'rinishga ega:


Manfred Burgsmyuller — 38 yosh, 9 oy va 19 kun (ECHK-1888/89, "Verder" 5:0 "Dinamo", Berlin)

Xorxe Molina — 38 yosh, 10 oy va 17 kun (Evropa ligasi-2020/21, "Granada" 2:0 "Molde")

Villi Olsen — 39 yosh, 7 oy va 6 kun (ECHK-1960/61, "Fredrikstad" 4:3 "Ayaks")

Daniel Berg Xestad — 40 yosh, 3 oy va 6 kun (Evropa ligasi-2015/6, "Molde" 2:1 "Seltik")

Xoakin Sanches — 41 yosh, 1 oy va 26 kun


Xoakin ushbu yilda faoliyatini yakunlamoqchi edi, ammo Ispaniya Kubogidagi g'alaba va Evropada o'ynash imkoniyati sabab fikrini o'zgartirdi.



Xoakin kamdan-kam hollarda maydonga tushadi: La liganing dastlabki ikki turida qaydnomaga kirmadi, to'rtinchi tur doirasidagi "Real" (1:2)ga qarshi o'yinda 19 daqiqa o'ynadi va EL ilk turidagi XIKga qarshi bahsda 59 daqiqa harakat qildi.


Murabbiy Manuel Pellegrini Sanchesning kiyim almashtirish xonasidagi muhim o'yinchi ekanligini tan oladi, sababi u sheriklarining ruhiyatini ko'taradi va atmosfera beradi. Ammo, "Betis" sardori o'tgan yili jiddiy tarzda 2021/22 yilgi mavsumdan so'ng butsalarini mixga ilishini aytdi.


"Men 40 yoshga kirdim. Yaqinda hatto men debyut qilganimda ham tug'ilmagan bolalar bilan o'ynadim. Aytdim: "Mening davrim tushadi". Qolgan vaqtimdan lazzatlanishni xohlardim, ammo bu mening so'nggi mavsumim. Bu ajoyib o'tsin, shuningdek evrokuboklarga ham yo'llanma olishni xohlayman", — deb tushuntirdi sardor qishda.



Aprelda yutilgan Ispaniya kubogi ispanning rejalarini keskin tarzda o'zgartirib yubordi. "Betis" evrokuboklarga chiqdi, Xoakin esa keyingi kuni yana bir mavsumga qolishni xohlashini tan oldi. "Rejam barbod bo'ladimi, buni bilmayman. Yana bir yil qolmoqchiman", — deb tabassum qildi Sanches Marca bilan intervyuda.


Reja ish berdi. Xoakin tarixiy rekordni zabt etdi, "Betis" esa CHL haqida orzu qiladi (dastlabki beshta turdan so'ng La Ligada uchinchi o'rin).


Mabodo bu ham o'xshab qolsa, o'ylab ko'rish kerakdir: yana bitta mavsumcha?



"Betis" (Ispaniya) – "Ludogorec" (Bolgariya) 3:2

Gollar: 1:0 – 25 Luis Enrike, 2:0 – 39 Xoakin, 2:1 – 45 Despodov, 3:1 – 59 Kanales, 3:2 – 74 Rik.

"Betis": Bravo, Edgar Gonsales, Luis Felipe (Pesselya, 73), Miranda, Guardado, Xoakin (Rodri, 72), Kanales (Moreno, 85), Akuoku (Rodriges, 56), Ruibal, Villian Joze, Luis Enrike (Vilyam Karvalyu, 85).

"Ludogorec": Padt, Vitryu (Gruper, 62), Nedyalkov, Verdon, Sisino, Kauli, Petrovski, Kafumana (Gustavo, 62), Despodov (Delev, 69), Tekpetey (Rik, 70), Igor Tiago (Tissera, 80).

Ogohlantirishlar: Kafumana (2), Despodov (41), Ruibal (45), Akuoku (47), Tekpetey (53), Guardado (74), Nedyalkov (74), Bravo (90).

Real Betis

Luiz Henrique - 25', Joaquin - 39', Sergio Canales - 59'

Europa League Grp. C . 2-tur

16/09/2022, 00:00

2
:
3
Tugadi

Ludogorets Razgrad

Kiril Despodov - 45', Rick - 74'

Stadion: Estadio Benito Villamarin, 43113 tomoshabin

45'
90'
25'  Luiz Henrique
25'  Juan Miranda
39'  Joaquin
39'  Juan Miranda
45'  Aitor Ruibal
47'  Paul Akouokou
56'  Paul Akouokou (Guido Rodriguez)
59'  Sergio Canales
72'  Joaquin (Rodri)
72'  Luiz Felipe (German Pezzella)
74'  Andres Guardado
90'  Claudio Bravo
2'  Manuel Cafumana
41'  Kiril Despodov
45'  Kiril Despodov
53'  Bernard Tekpetey
62'  Manuel Cafumana (Nonato)
62'  Aslak Fonn Witry (Denny Gropper)
69'  Kiril Despodov (Spas Delev)
69'  Bernard Tekpetey (Rick)
74'  Anton Nedyalkov
74'  Rick
74'  Cauly Oliveira Souza



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика