So’nggi yangiliklar

13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  0 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  7 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  0 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  30 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  3 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  26 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  14

25 000 nafar kishi to'planadigan "Fan Zone"da Ronalduning benifisi Yangiliklar

25 000 nafar kishi to'planadigan "Fan Zone"da Ronalduning benifisi

Teglar :  Lujniki JCH
"Lujniki" stadioni yonidagi "Vorobevy gory" parkida eng katta "Fan Zone" joylashgan bo'lib, bir vaqtning o'zida 25 000 nafar muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi.

Rossiya - Saudiya Arabistoni uchrashuvida stadionga chipta ololmagan va imkoniyati etmagan mezbon muxlislari aynan shu erga to'plandilar. 5ta katta monitor qarshisida, ulardan tashqari 100dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan mehmonlar bor edi. Aytishlaricha, JCH uchun Rossiyaga 2 millionga yaqin muxlislar kelgan. Ularning barchasi stadionga tushishlari shart emas, muhimi JCHni his qilish. Buning uchun bir qator muxlislar markazlari ishlab turibdi. Marketing avjiga chiqqan. "Fan Zone"ga egulik va ichimlik olib eirish mumkin emas. Ichkarida 10 AQSH dollariga bitta bokal pivo va bir dona kartoshkadan bo'lgan chips :) yoki pivo o'rniga "Koka Kola" ichimligi bor. Muhimi bu emas, turli millat vakillari bilan har-xil o'yinlar.

 

Bazi davlatlardan muxlislar oilaviy kelganlar. Moskvada kecha asosan Peru, Argentina, Meksika, Islandiya terma jamoalarinining muxlislarini uchratdik. Nima uchundir nemislar juda kam. Balki bugun etib kelishar. O'zimizning o'zbeklar ham talaygina. "Fan Zone"ga kirish mutlaqo bepul. SHuning uchun ochilish marosimi uchun to'plangan muxlislar soni ko'payib ketganligi uchun zona tashqarisida yana minglab kishilar qolib ketdi. 

Portugaliya - Ispaniya uchrashuvini ko'rish maqsadida do'stlar bilan "Fan Zone"ga tashrif buyurdik. O'yin haqida to'xtalmasam ham yaxshi bilasizlar. Kommentlarni ham. Ramazondan chiqdik. endi so'kinaversa "bo'ladi". Qizig'i shundaki, bu erda bo'lgan haqiqiy portugal va ispanlar kulishib o'yinlarni ko'rishdi. Ular hatto o'zbek "kommentchisi"ni bilmaydi ham, ularni deb o'zligidan kechayotganini, ha mayli. Hammaga insofni o'zi bermasa, gap so'zlar foydasiz.

Aksariyat ruslar Portugaliyaga ishqibozlik qildilar. Buni Ronalduni har bir urgan golidan keyingi hayqirishlardan ham bilib tursa bo'lardi.


Bu erda "Match TV" xodimlari to'g'ridan-to'g'ri efirga chiqishayapti. Markaziy ko'chma studiya aynan shu erda joylashgan.
Garchand, FIFA saytida uchrashuvlarga chipta topa olmasangizda, ko'chadan harid qilish imkoniyati mavjud. CHipta qo'lingizga tekkach, "muxlis pasporti"ni olasiz. Bugungi kunda chiptalar narxi 300-600 AQSH dollari oralig'ida. Kechani o'zidayoq O'zbekistondan tashrif buyurgan muxlislarimiz bugun Argentina - Islandiya o'yiniga kirib ketishdi. 

Tez orada Braziliya terma jamoasi ham o'z yurishini boshlaydi. Musobaqaning asosiy favoritlaridan biri.

Kechagi o'yinni muxlislar hududida tomosha qilish uchun  10 ming nafarga yaqin muxlis keldi. Ularning aksari betaraf edilar, gollarni ko'p bo'lganligidan hamma xursand edi. Bugunga shular. Ertaga Germaniya - Meksika uchrashuviga tushaman. CHiptamni berishdi. Birozdan so'ng, Meksika terma jamoasining 15 daqiqalik ochiq mashg'uloti. Bugun, ukamdek bo'lib qolgan qadrdonim, Narzulla qiz farzandlik bo'ldi! Soliha qiz bo'lsin!


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика