So’nggi yangiliklar

00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  0 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  5 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  22 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  27

2019-2020 yillar uchun OCHLda O'zbekistonga 1+2 kvota ajratildi Yangiliklar

2019-2020 yillar uchun OCHLda O'zbekistonga 1+2 kvota ajratildi

Teglar :  OCHL-2019KvotaOCHL
2019-2020 yillarda bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionlar Ligasida O'zbekistonga 1+2 ko'rinishida yo'llanmalar ajratildi.

Osiyo Futbol Konfederaciyasi tashkilotga azo mamlakatlar associaciyalaridan kelasi ikki mavsum davomida qitaning klublar miqiyosidagi nufuzli musobaqalari Osiyo CHempionlar Ligasi hamda OFK kubogida qatnashadigan klublar soniga aniqlik kiritib oldi va bu haqda 46 ta azo associaciyalarini xat orqali xabardor qildi.

Unga ko'ra, 2019-2020 yillarda bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionlar Ligasida O'zbekistonga 1+2 ko'rinishida yo'llanmalar ajratildi. Xatda qayd etilishicha, mazkur yo'llanmalar OFKning 2017 yil 15 dekabrdagi cirkulyarida belgilangani kabi OFK klublar o'rtasidagi musobaqalar reytingiga asoslandi va bunda milliy terma jamoa natijalari 10 foiz ulushni, klublarning OFK musobaqalaridagi natijalari esa 90 foiz ulushni tashkil etdi.

OFKning klublar o'rtasidagi musobaqalar reytingi qita chempionlar ligasi hamda OFK kubogida mamlakatlar klublarining muvaffaqiyatli ishtirokiga qarab yangilab boriladi. 2019-2020 yillar uchun kvotalar ajratilgan dastlabki reytingda O'zbekiston 43.305 reyting ochkosi jamg'argan holda Osiyoda 9-o'rinda qayd etildi. G'arb mitaqasida BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar va Erondan so'ng 5-o'rin band etildi. Bu esa O'zbekiston chempionining kelasi ikki yil davomida OCHL guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olishini taminlaydi. O'zbekiston kubogi sohibi hamda Superligada 2-o'rinni qo'lga kiritadigan jamoalar esa OCHL saralashining ikkinchi bosqichidan kurashga kirishish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Takidlash joizki, OFK klublar o'rtasidagi musobaqalar reytingidan kelib chiqqan holda yo'llanmalarni taqsimlab chiqdi. Qaysidir azo mamlakat associaciyasi klublari biror sabab bilan (masalan, licenziyalashdan o'ta olmay) qita miqiyosidagi musobaqalardan chetlashtirilsa, yo'llanmalar sonida o'zgarishlar bo'lishi mumkinligi qayd etilgan. SHu sababdan OCHL hamda OFK kubogi qatnashchilari yo'llanmalarining yakuniy ro'yxati dekabr oyi boshida OFK tomonidan elon qilinadi.



Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика