2013 yilda Messi “Real”ga o'tishi mumkin edi
13 jan 2018 00:19
Yangiliklar
2013 yilda Messi “Real”ga o'tishi mumkin edi
Nashrning xabariga ko'ra, “Real” argentinalik futbolchini klubga Beyl kelishidan bir necha oy ilgari sotib olishni istagan. Messinin yuristi uning otasi Xorxe Messiga qirollik klubining qiziqishlari haqida malum qilgan. “Real” o'shanda hujumchi uchun 2021 yilga qadar shartnoma va yiliga 23 millioen evro maosh taklif qilmoqchi bo'lgan. Xorxega esa bonus sifatida transfer amalga oshsa, 1 millioen evro berilishi lozim bo'lgan. Agar ushbu transfer amalga oshsa argentinalik sportchi futbol tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanar edi.
Takidlash joizki, “Real” va Messining vakillari ishtirokidagi uchrashuv xususiy samolyotlardan birida bo'lib o'tgan. Unda futbolchining huquqshunosi Inigo Xuares, “Real” prezidenti Florentino Peres, “qaymoqranglilar” sport direktori Migel Pardesa ishtirok etgan. Manbaga malum bo'lishicha, Xuares Xorxe Messiga kelishuv amalga oshsa, “Real” rahbariyati Messining soliq to'lamaganligi haqidagi ayblovlari borasida Ispaniya hukumati rahbari rahbari Mariano Raxoyaga “bosim o'tkazishini” bildirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar